Endi Siz sotib olgan kitoblaringizni yuklab olishingiz shart emas!
E'tibor bering: hozirda bizning saytimizda sotib olingan elektron kitoblar uchta usulda o'qilishi mumkin:
mobil-ilova orqali, Windows-ilovasi orqali va saytdagi onlayn-o'quvchi orqali. Батафсил -->

Mirkarim Osim

Mirkarim Osim

 

Mirkarim Osim (1907 - 1984) O‘zbek adabiyotida afsonalar asosida badiiy asarlar yaratgan adib. 1907 yilda Toshkentda ziyoli oilasida tug‘ilgan. U dastlab eski makdabda, keyinchalik "Shams ul-urfon" nomli boshlang‘ich maktabda, 1921 - 1924 yillarda esa Navoiy nomidagi Respublika bilim yurtida tahsil ko‘radi. Adib "O‘tror", "To‘maris", "Shiroq", "Temur Malik", "Mahmud Tarobiy", "Aleksandr va Spitamen", "Mohlaroyim va Honposhsha", "Karvon qo‘ng‘irog‘i", "Elchilar", "Zulmat ichra nur", "Jayhun ustida bulutlar", "Ibn Sino qissasi", "Aljabrning tug‘ilishi", "Singan setor", Alisher Navoiy haqida hikoya qiluvchi "Astrobod", "Alisher Navoiy va Darvishali", "Badarg‘a", "Navoiyning xislatlari", "Ulug‘bek va Navoiy" kabi hikoya va qissalar ham yozgan. Asarlari tarixchi olim va adiblarimiz uchun asosiy manba vazifasini o‘tagan. Mirkarim Osim rus yozuvchisi M. Sholoxovning "Tinch oqar Don", S. Borodinning "Eldirim Boyaazid" nomli romanlarini, L. Batning "Hayot bo‘stoni" qissasini va boshqa asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Adib "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi" unvoni va "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni (2002 y.) bilan taqdirlangan.