Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Muxayyo Xamrayeva *

Muxayyo Xamrayeva

 

Hamraeva Muhayyo Ahmadovna, 1974 yil 3 dekabrda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan. 1996 yil Termiz davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tugatgan.
2010 yil “Tarixiy haqiqat va badiiy talqin (Nasriy asarlarda Amir Temur obrazi)” mavzusida nomzodlik dissertasiyasini yoqlagan. Uning “Mehrning rangin lahzalari” (2011 y.), “Sizdan kechib bo‘lmaydi” (2013 y.), “Sog‘inch qo‘shiqlari” (2014 y.), “Ko‘ngil hiyoboni” (2021 y.) nomli to‘plamlari, “Tarixiy haqiqat va badiiy talqin” nomli monografiyasi (2019 y.), “Muhammad Solihning “Shayboniynoma” dostonida ma’naviy va lafziy san’atlarning qo‘llanilishi” nomli uslubiy qo‘llanmasi (2020 y.) Qarshi, Termiz va Toshkent shahridagi nashriyotlarda chop etilgan.
100 dan oshiq turli mavzudagi maqolalari vaqtli matbuotda chop etilgan. 50 dan oshiq ilmiy maqolalar muallifi. 2017 yil u “Yil e’tirofi” diplomiga sazovor bo‘lgan.
Bugungi kunda Hindistonda nashr etiladigan nufuzli xalqaro "INTERNATIONAL JOURNAL OF INNOVATIVE RESEARCH" jurnalining hamda "MODERN SCIENCE AND RESEARCH" xalqaro ilmiy jurnalining tahririyat hay’at a’zosi hisoblanadi.
Uning ijod namunalari 2020 yil Tojikiston Respublikasi Xo‘jand shahrida chop etilgan “Do‘stlik gulzorida ungan chechaklar” nomli to‘plamdan ham o‘rin olgan.
2020 yil 7 fevraldan Markaziy Osiyo Yozuvchilari va tarixchilarining “Yangi ovoz” xalqaro uyushmasi a’zosi, 2020 yil 18 dekabrdan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. 2020 yil 31 dekabrda dosentlik ilmiy unvonini olgan. 2022 yilning iyun oyidan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi.