Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Muzaffar Naimov

Muzaffar Naimov

 

Naimov Muzafar O‘rinovich 1962 yil 24 fevralda Surxondaryo viloyati, Denov shaxrida ishchi oilasida tavallud topgan. 1986 yil O‘zbekiston davlat konservatoriyasi (oldingi M.Ashrafiy nomli Toshkent davlat konservatoriyasi)ning “Xor dirijyorligi” fakultetini tugatgan. Unga “Xor dirijyori”, “Xor fanlari o‘qituvchisi” ixtisosligi bo‘yicha kvalifikasiyasi berilgan.
Naimov Muzafar O‘rinovichning San’atshunoslik fanlari ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek marosim qo‘shiqlari” (XX asr Janubiy O‘zbekiston vohasi misolida) mavzusidagi ilmiy ishini 2023 yil 30 noyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida himoya qilgan.
Uning 25 ortik maqolalari Respublika jurnallarida, ilmiy amaliy konferensiyalarida va chel el jurnallarida e’lon qilingan (“Tafakkur”, “San’at”, “Guliston”, “Moziydan sado” va “Teatr” jurnallari). Uning bir qator kitoblari, jumladan “Surxon qo‘shiqlari” I-II-III, “Qalb navolari” qo‘shiqlar to‘plami, “Folklor qo‘shiqlari bolalar xori uchun” uslubiy qo‘llanmasi, “Aziz ustozlar” nomli qo‘shiqlar to‘plami, “Fol’klor qo‘shiqlari jo‘rsiz xor uchun” uslubiy qo‘llanmasi, “Surxondaryo ijodkorlari” (I-II jild) uslubiy qo‘llanmalari, oliygohlarning musiqa ta’limi yo‘nalishlari uchun “Folklor qo‘shiqlari” o‘quv qo‘llanmasi, “Ko‘ngil bir navo istar”, “Qadim Surxon navolari”, “Metar navolari” kabi risolalari nashr etilgan.