Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Nasrullo Sayyid *

Nasrullo Sayyid

 

Nasrullo Sayyid 1958-yil 20-fevralda Buxoro viloyatining Vobkent tumanidagi Burqut qishlog‘ida tug‘ilgan. U 1975-1980-yillari Samarqand Davlat Meʼmorchilik va Qurilish institutida taʼlim olgan. Uzoq yillar (1980-1993 yy) mobaynida u o‘z kasbi bo‘yicha ishladi, katta bir qurilish tashkiloti (PMK)ga rahbarlik qildi.

Nasrullo Sayyid badiiy ijod va publitsistika bilan o‘tgan asrning 90-yillaridayoq shug‘ullana boshlagan. O‘sha davrdagi gazeta va jurnallarda uning dastlabki hikoya va maqolalari eʼlon qilina boshlagan edi. U ko‘proq siyosiy mavzularda, millatning Ozodligi va Erkinligi haqida qayg‘urib, ko‘proq xalq dardini qalamga olgan.

U 2007-yildan beri Kanadaning Alberta provinsiyasi poytaxti Edmonton shahrida yashaydi. 2019-yilning aprel oyida Nasrullo Sayyidning ilk kitobi Istambul (Turkiya)da nashr qilindi. “Shubhali odamlar” nomli ushbu kitob ikki qissadan iboratdir. 2020-yilning yanvarida yana Istambulda uning “Millat qayg‘usi” nomli badiiy-publitsistik kitobi eʼlon qilindi. Turkiyaning Anqara universiteti doktoranti Abdrasul Isakov uning “Jajji guvoh” (UFACIK TANIK) nomli qissasini turk tiliga tarjima qildi.

Kitoblar