Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Muhiddin Omon *

Muhiddin Omon

 

Muhiddin OMON – shoir, tarjimon, noshir. 1963 yil 18 martda Samarqand viloyati Poyariq tumanidagi Qorakesak qishlog‘ida tug‘ilgan. 1985 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning o‘zbek filologiyasi fakultetini imtiyozli tugatgan. Turli yillarda “O‘zbekiston” nashriyotida, “Sog‘lom avlod uchun” jurnalida, G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida muharrir, katta muharrir, bo‘lim mudiri sifatida faoliyat yuritgan. Ayni paytda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining mas’ul xodimi. Muhiddin Omon ijodiy faoliyati davomida ko‘plab nashriyotlar bilan hamkorlikda 300 dan ortiq turli mavzulardagi adabiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy va ilmiy-ommabop kitoblarni muharrir sifatida nashrga tayyorlab, 20 ga yaqin kitoblarni tarjima qilgan. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining( 1994 yildan), O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining(1996 yildan) a’zosidir. “Ko‘ngil darbozasi” (1993 y.), “Tole fasli” (1997 y.), “Munavvar sog‘inch” (2009 y.), bolalar uchun : “Dakang xo‘roz va uning jo‘jalari” (1999 y.,2006 y.), “Sog‘lomjon alifbosi” (2005 y.), “Z9 topishmoq” (2011y.), “Zehni a’lo, tili burro” (2012 y.), “Buyumlar tilgan kirsa” (2012 y.) nomli she’riy kitoblari chop etilgan.
Muhiddin Omon tarjimon sifatida ham xalqimizni jahon adabiyotining mumtoz asarlari bilan tanishtirish ishiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. U XVI asr portugal shoiri Luis de Kamoens sonetlarini, ingliz yozuvchisi S.Moem esselarni, amerikalik adib R.Blox asarlarini, Niderland yozuvchisi Villi Korsarining “Mangu iztirob” romanini, Nobel mukeofoti laureati K.Gamsunning “Edvarda” (“Pan”) romanini , F.Nitshe hikmatlarini, Niderland shoirlaridan German Gorter, Yan Hendrik Leopold hamda Villem Klos she’rlarini, rus shoirlari S.Marshak, A. Barto, L. Kaminskiy, B. Zaxoder, A. Usachevlarning bolalarga atalgan quvnoq she’rlarini, Latish adabiyotining mashhur shoirlari O.Vasietis, P.Zirnitis, I.Auzin she’rlarini rus tilidan, Mirza Hasan Qorabog‘iy g‘azallarini esa ozarbayjon tilidan o‘zbek tiliga o‘girgan. 2014 yilda M.Omon Angliya, Gollandiya hamda Latviya shoirlaridan qilgan tarjimalari uchun “Jahon adabiyoti” jurnali tomonidan ta’sis etilgan Adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha “Ozod Sharafiddinov nomidagi yillik mukofotning “ “Eng yaxshi she’riy tarjima” nominasiyasi bo‘yicha g‘olibi bo‘ldi. Muhiddin Omon 60 dan ortiq qo‘shiqlarning, bir necha hujjatli film ssenariylarining muallifi hamdir.