Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Oybek Xudoyberdiyev

Oybek Xudoyberdiyev

 

Xudayberdiev Oybek Samad o‘g‘li 1995 yil 27 dekabrda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tavallud topgan. 2012 yil Toshkent shahar Yashnabod tumaniga qarashli 244-sonli umumta’lim maktabini a’lo baholar bilan bitirgan. 2015 yil Toshkent shahar Yashnabod tumaniga qarashli Aviasozlik kasb-hunar kollejining “Buhgalteriya hisobi va audit” mutahassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2018 yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining Ijtimoiy fanlar fakultetining “Falsafa” yo‘nalishiga qabul qilingan bo‘lsa, so‘ngra 2019 yil o‘qishini O‘zMU ning gumanitar fanlar Tarix fakulteti “Tarix: mamlakatlar va mintaqalar aro” yo‘nalishiga ko‘chirgan.
Bolaligidanoq adabiyot va ijodga qiziqishi yuksak bo‘lgani bois 7-8 yoshidanoq she’r va hikoyalar mashq qila boshlagan. “G‘azalxon Yoshligim” tanlovining Toshkent shahar bosqichi g‘olibi, shuningdek ona tili va adabiyot bo‘yicha tuman va shahar bosqichlarida bir necha bor faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Matbuotda ilk she’ri 2013 yil “Tengdoshlar ijodi ” adabiy jurnalida chop etilgan. Shundan so‘ng, to bugungi kungacha “Kitob dunyosi”, “G‘uncha”, “Gulxan”, “Oltin qalam”, “Sharq yulduzi”, “Ma’rifat”, kabi qator gazeta va jurnallarda badiiya, maqola, she’r, hikoya, qissa, ertak va esselari chop etib kelinmoqda.
Bugungi kungacha: “Vatanim onaizorim” (She’riy to‘plam-2019), “Kuylanmagan qo‘shiqlar” (She’riy to‘plam-2019) “Simba” (Bolalar uchun she’r va hikoyalar to‘plami) kabi kitoblari nashr etilgan.