O'zbektosh Qilichbek *
Haqiqiy ism va sharifingiz:
Qilichev
O‘zbektosh Qilichbek 1986 yil 5 fevral kuni Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Oliy ma’lumotli. O‘zbekiston davlat sanat va madaniyat instituti rejissyorlik fakultetini tamomlagan.
Qilichev O‘zbektosh ─ O‘zbektosh Qilichbek taxallusi bilan hikoyalar, pesalar hamda she’rlar yaratgan. Uning hikoyalari va she’rlari “Sharq yulduzi”, “Yoshlik” jurnallarida, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Hayot”, “Huquq”, “Darakchi”, “Bekajon”, “7x7”, “Sirdaryo haqiqati”, “Davr yoshlari” gazetalarida muntazam chop etilib boradi. 2006 yil “Quvonch” hikoyalar to‘plami nashrdan chiqqan. U 2007 yil an’anaviy “Zomin” o‘quv-seminarida ishtirok etib nasr yo‘li nominasiyasi g‘olibi bo‘ldi. 2013 yil Do‘rmon “Yosh iste’dodlar” seminarida dramaturgiya yo‘nalishida qatnashdi. Uning hikoyalari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi shafeligida chop etilgan yosh ijodkorlarning “Kaftdagi nihol”, “Zangor fasl” bayoziga kiritilgan. O‘zbektosh Qilichbek 2010 yildan buyon Olim Xo‘jaev nomidagi Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida Adabiy bo‘lim mudiri, rejissyor yordamchisi lavozimlarida ishlab kelmoqda. 2010 yilda O‘zbektosh Qilichbekning ssenariysi asosida “O‘yin ichida o‘yin” to‘la metrajli badiiy filmi suratga olindi. Va “Yilning eng yaxshi filmi” yo‘nalishida kino, san’at va televidenie tanlovining nominanti bo‘ldi. 2011 yil “Turmush – musht” filmining ssenariy muallifi (hammuallif). O‘zbektosh 2014 yilda bolajonlar uchun qo‘g‘irchoq teatrlariga mo‘ljallaganga ikki ertak “A” saroyi sirlari” va “Atlasoyning sarguzashtlari” ertak-pesalarini yozadi hamda O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Debyut-2014” respublika festivalida rag‘batlantiruvchi mukofotga sazovor bo‘lib diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. “A” saroyi sirlari” ertagi 2015 yilning ilk oylarida Toshkent Davlat qo‘g‘irchoq teatri va Surxondaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatrida sahnalashtirilib, bolajonlar e’tiboriga havola etildi.
Поделиться с друзьями в соцсетях