Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Rahimboy Jumaniyozov

Rahimboy Jumaniyozov

 

1960 yilning 1 iyulida Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumanida tug'ilgan. ToshDUning o'zbek filologiyasi fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. O'zFAning Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, TDSI "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi mudiri, O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining "Ma'rifat" studiyasida "Yog'du" bo'limi boshlig'i, O'zMU jurnalistika fakultetining "Televideniye va radioeshittirishlar" kafedrasi mudiri, Toshkent Davlat Madaniyat institutining "O'zbek va jahon tillari" kafedrasi dotsenti, O'zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasining nashri "Vaqt-vremya" gazetasida muxbir vazifalarida ishlagan.

Shuningdek, "Alifbo saboqlari", "G'azal bo'stoni", "Sirli sandiq", "Muqallidlik maydonida", "Iqtidor" nomli intellektual-televizion musobaqaviy dasturlarning muallifi va boshlovchisi sifatida faoliyat ko'rsatgan.

Hozirda Toshkent viloyati XTXQTMOIda "Til va adabiyot ta'limi", O'zDSMI "Sahna nutqi" kafedralarining dotsenti lavozimlarida faoliyat yuritmoqda. U O'zFA mukofotining laureati va "Eng yaxshi voiz" Respublika ko'rik-tanlovining sovrindori, filologiya fanlari nomzodi, "Antik dunyo" Xalqaro fanlar akademiyasining akademigi.

R.Jumaniyozovning "Xalq dahosining ko'zgusi", "Eski o'zbek yozuvi", "Xalq ijodi - haq ijod", "Harflar tilga kirganda", "Dong qozongan doston", "Turkiy savod", "Harflar gulshani", "G'oyaviy tarbiyada notiqlik san'ati", "Komiljon Otaniyozov zamondoshlari xotirasida", "Yangiliklar yozish va tahrir qilish", "El sevgan baxshi", "Nutqiy mahorat", "Ta'lim, tarbiya, tafakkur, taraqqiyot", "Dil - qulf, til - kalit" nomli kitoblari va 300 ga yaqin ilmiy-ommabop maqolalari chop etilgan.