Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Ravshan Hamdamovich Ayupov *

Ravshan Hamdamovich Ayupov

 

Ayupov Ravshan Hamdamovich 1950 yil 26 noyabrda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida tug‘ilgan. 1968 yili o‘rta maktabni bitirgach, Beruniy nomidagi Toshkent politexnika institutining injener-fizika fakultetiga o‘qishga kiradi va 1972 yili institutni muvaffaqiyatli tamomlab, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi elektronika institutiga ishga joylashadi. Oradan besh yil o‘tib, Kibernetika ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga kichik ilmiy xodim bo‘lib ishga o‘tadi.

Kibernetika sohasida ilmiy ishlar olib borgan holda, u 1983 yilda nomzodlik dissertatsiyasini, 1994 yilda esa doktorlik dissertatsiyasini ximoya qildi va professorlik unvonini oladi. 1991 yildan boshlab to hozirgi kungacha Toshkent moliya institutining Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot kafedrasi professori lavozimda ishlab kelmoqda.

U ish faoliyati davomida informatsion-kommunikatsion texnologiyalar, boshqaruv, marketing, raqamli texnologiyalar bo‘yicha bir qancha o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar, monografiyalar va maqolalar nashr qilgan. “Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari”, “Elektron tijorat asoslari”, “Raqamli texnologiyalar” kabi o‘quv qo‘llanmalarni, “Innovatsion texnologiyalar va innovativ taʼlim usullari hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishga va sog‘lom turmush tarzi” sohasiga bag‘ishlangan risolalarni keltirish mumkin. Hozirda u davlatimiz shiddat bilan rivojlantirishni istagan raqamli innovatsion texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot bo‘yicha keng ko‘lamli darslik yaratish ustida ijod qilmoqda.

Kitoblar