Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Satvaldi Rajabov

Satvaldi Rajabov

 

Satvaldi Rajabov (Sotvoli Rajabov) 1946 yil 15 iyulda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida tug‘ulgan. 1970 yil Toshkent davlat universitetini jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Dastlabki mehnat faoliyati 1969 yili “Mushtum” jurnalida adabiy xodimlikdan boshlangan. Shundan so‘ng viloyatdagi “Kommunist” (hozirgi “Andijonnoma”), Xo‘jaobod tumanidagi “Shonli mehnat” gazetalarida, O‘zbekiston teleradiokompaniyasi adabiy dramatik eshittirishlar bosh tahririyatida ijodiy xodim bo‘lib ishlagan.
Adibning “Yosh gvardiya” nashriyotida “Mehr” hikoyalar to‘plami 1979 yilda, “Quyosh charaqlagan kun” qissasi 1980 yilda chop etilgan. Shuningdek, “Shahar doim gavjum” hikoyalar to‘plami 1980 yilda G‘afur G‘ulom nashriyotida, “Neob’yatnoe detstvo” nomli kitobi 1984 yili Ukraina nashriyotida, “Ildizi baquvvat chinor” qissasi 1998 yil, “Saxovatda podshoh inson” xotiralari, “O‘tib ketmish u xush onlar ham” nomli qissalar, hikoyalar, badialar to‘plami “Andijon” nashriyotida chop etilgan. “Qishloq xidi” qissalar, hikoyalar to‘plami O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Adabiyot jamg‘armasi nashriyotida 2007 yilda chop etilgan.