Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

O‘ktam Pratovich Pratov

O‘ktam Pratovich Pratov

 

1934- yilda Toshkent viloyatining Xumson qishlog'ida tug'ilgan. 1959- yilda O'rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O'zMU)ni bitirgan. O'zbekiston Respublikasi fan arbobi, biologiya fanlari doktori, professor. 1959- yildan buyon O'zR FA "Botanika" IICHMda ilmiy izlanishlar olib boradi hamda oliy o'quv yurtlarida dars berib keladi. 1977-1980- yillarda Shimoliy Afrikadagi Liviya florasini o'rgangan. 1987-yilda Sankt-Peterburgda "O'rta Osiyo va Shimoliy Afrika sho'ralari" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1985-1993-yillarda "Botanika" instituti direktori lavozimida faoliyat ko'rsatgan. Tadqiqotlari asosan flora, sistematika, filogeniya, tabiat muhofazasi kabi sohalarga bag'ishlangan. 20 dan ortiq yangi tur va boshqa taksonomik birliklarni kashf etgan. 300 ga yaqin ilmiy va ilmiy-ommabop asarlar muallifi. 5- va 6- sinflar uchun "Botanika", oliy o'quv yurtlari talabalari uchun "Botanika" darsliklari va qator qo'llanmalari, 10 jildlik "O'rta Osiyo o'simliklari aniqlagichi" (rus tilida) muallifi hamdir. "O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobi" bevosita uning ishtiroki va umumiy tahriri ostida nashr etilgan.