Ulug'bek Mamatov *
Ulug‘bek Mamatov Nasimovich, 21 fevral 1983 yili, ziyolilar oilasida Andijon shahrida tug‘ildi. 2000 yilda Toshkentdagi 11 yillik Sanat–musiqa va rassomlik liseyni tugatib, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga qabul qilindi. 2005 yilda bu oliygohni muvaffaqiyatli tugatdi. Diplom asari «Farishtalarning oqshom kuyi» deb ataladi. 2005 yil kuzida bu asari bilan Kamoliddin Behzod tavalludiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada ishtirok etdi. 2006-2007 yillari Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga, magistraturaga qabul qilindi va uni alo diplom bilan tugatdi. 2007 yili noyabr oyida, Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga, tatdqiqotchi bo‘lib qabul qilindi.
2006 yilda O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining badiiy ijodkorlar uyushmasiga a'zo bo‘ldi. 2008-2009 yillarida, Xalqaro Karavon Saroy ko‘rgazmalar zalini mudiri bo‘lib ishladi. O‘z asarlari bilan 2008-2010 yillari avgustida, «Fond forum» va Badiiy Akademiyasi tomonidan tashkil qilingan «Navqiron O‘zbekiston» ko‘rik tanlovlarida qatnashib, sertifikatlar bilan taqdirlangan. Muntazam ravishda Respublika va Xalqaro badiiy ko‘rgazmalarida asarlari bilan ishtirok etishga xarakat qildi va 2013 yilning aprelida Kamoliddin Behzod nomidagi bog‘ muzeyida shaxsiy ijodiy asarlari bilan ko‘rgazmasini o‘tkazdi. 2012 yildan hozirgacha Milliy rassomlik va dizayn institutining Chizmatasvir kafedrasida o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga “O‘zbekiston tasviriy san’atida tarixiy janr va uning nazariy taxlili” mavzusida tadqiqot olib bormoqda.
U. Mamatovning shu kunga qadar bir qator xorijiy va mahalliy nufuzli jurnallarda ilmiy maqolalari chop etildi. Institutning ilmiy-ma’rifiy ishlariga ham o‘zining salmoqli hissasini qo‘shib kelmoqda.
Поделиться с друзьями в соцсетях