Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Seydamatova Sultonposhsha

 

Sultonposhsha Seydamatova 1961 yilda Hiva tumanidagi Gandimyon qishlog‘ida tug‘ilgan. 1969 -1979 yillarda 6-o‘rta maktabda o‘qigan. 1979 yilda Farg‘ona Davlat Pedagogika institutining o‘zbek filologiyasi fakultetiga o‘qishga kirib, 1983 yilda oliygohni a’lo baholar bilan tamomlagan. Bugungi kunda Yangiariq tumanidagi 1-maktabda o‘zbek tili va adabiyoti fanidan saboq berib kelmoqda. Andijon shahrida va Shahrisabzda bo‘lib o‘tgan ijodkor o‘qituvchilar anjumanlarida ishtirok etib, Halq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Tashakkurnomasi” va “Ijodkor o‘qituvchi” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘lgan. Halq ta’limi a’lochisi...

Settiev Sobirjon

 

Sobirjon Settiev Horazm viloyati Honqa tumanida tug‘ilgan. 1955 yilda o‘rta maktabni, 1960 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutinining biologiya-geografiya fakultetini imtiyozli diplom bilan bitkazgan. Ish faoliyatini tumandagi 11-maktabdan boshlagan. Tuman xalq ta’limi bo‘limida uslubchi bo‘lib ishlagan. Nafaqaga chiqqunga qadar D. Rahimova nomli maktabda direktor o‘rinbosari, 7-ixtisoslashtirilgan maktab-internatda direktor bo‘lib ishlagan. “O‘zbekiston Respublikasi Halq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibi.

Sent-Ekzyuperi Antuan de

 

Antuan 1900 yilda Fransiyaning Lion shahrida, qadimiy aristokrat oilasida dunyoga kelgan. U yoshlik chog‘larida juda sho‘x, o‘ta qiziquvchan bo‘lib, o‘choqdagi yonib turgan olovga qarab soatlab xayol surishni sevgan. Tonio (ota-onasi uni shunday atashgan) 10 yoshida Man shahrida kollejda, keyin Shveytsariyada va Parijtsa o‘qigan. 12 yoshida mashhur frantsuz uchuvchisining samolyotida osmonga chiqib, uchuvchi bo‘lishni orzu qiladi. 1919 yilda Antuan Parijdagi San’at maktabining arxitektura bo‘limiga o‘qishga kirib, ikki yildan so‘ng, 1921 yilda armiya safiga chaqiriladi (bu vaqtda birinchi jahon urushi bormoqda edi). 1926 yilda Antuan de Sent-Ekzyuperi «Latekaer» aviakompappyassha ishga qabul qilinadi. U ikkinchi jahon urushi yillarida 1944 yil 31 iyunda bazaga qaytib kelmaydi. Uning qachon va qaerda halok bo‘lganligi so‘nggi kunlargacha sir bo‘lib keldi. 2004 yilning bahorida Atlantika okeanining Ispaniya qirg‘oqlariga yaqin joyda «Layting - 38» ning ayrim parchalari topildi. Demak, samolyot Sardiniyadagi harbiy havo bazasiga qaytishda urib tushirilgan yoki halokatga uchragan ekan. Uchuvchi yozuvchidan «Janubiy pochtachi» (1928), «Kichkina shahzoda» (1942), «Tungi uchish» (1931), «Bashar sayyorasi» (1939), «Harbiy uchuvchi» (1942) va tugallanmay qolgan «Qal’a» kabi asarlar qolgan.