Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Tohir Ochil

 

Ochil Tohir o‘zining «Qarz», «Sog‘inch sohili», «Ko‘nglim bilan suhbat», «Shaklsiz olam» she’riy to‘plamlari bilan kitobxonlarga yaxshi tanish. Shoirning navbatdagi she’riy kitobi «Maqtanchoq mushuk» deb nomlanadi. Siz aziz bolajonlarga bag‘ishlab ijod qilingan mazkur «she’riy guldasta» qalbingizdan munosib o‘rin egallaydi degan umiddamiz.

Tog'ay Sayfulla

 

Sayfulla Tog‘ay 1979 yil Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. Shoir va publisist.

To'xtayev Xurshid

Tugildi:

26 aprel 1994 yil

 

To‘xtaev Xurshid Ulug‘bekovich 1994 yil 26 aprelda Buxoro viloyati Vobkent tumanida tavallud topgan. 2017 yilda Navoiy davlat konchilik institutining Energomexanika fakultetini tamomlagan, II bosqich magistranti. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy davlat konchilik instituti Energomexanika fakulteti etakchisi lavozimida faoliyat yuritmoqda. U Respublika va xalqaro miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda 15 dan ortiq ilmiy maqolalari bilan ishtirok etib kelgan.

To'rayeva Qandolat

 

1952 yil 13 yanvar kuni Samarqand viloyati, Narimanovka posyolkasida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Matematika fani o‘qituvchisi. Toshkent shahridagi 116-o‘rta maktab direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab pensiyaga chiqqan. 2023 yil 30 iyun kuni avtohalokat oqibatida halok bo‘lgan. 4 ta farzandi va 9 ta nevarasi bor.

To'rayev Qodir

 

Qodir To‘raev, 1940 yil 12 dekabrda Jizzax tumanining Toqchilik mahallasida tug‘ilgan. Pedagogika fanlari nomzodi, dosent. Halq ta’limi a’lochisi. “O‘rta Osiyolik olimlarning astronomiyaga doir ishlari” (2005), “Fizik kattaliklar va fizik asboblarning qisqacha izohli lug‘ati” (2005), “Uyg‘onish davrining astronomi”, “Aniq fanlardan savollarga javoblar” (2007), “O‘lchovlar terminologiyasining izohli lug‘ati” (2007) kabi kitoblar muallifi.