Reyting |
Qo‘lingizdagi kitob muallifi Muxiddin Tovosharov o‘zini O‘zbekiston xalq shoiri Muxammad Yusufning shogirdi deb biladi. Yozganlari xam qaysidir ma’noda o‘sha mashxur shoir ijodining davomiday taassurot qoldiradi. Lekin yanglish fikrlaganingiz ma’lum bo‘ladi. Negaki, ustozi yashagan yillar va bugungi xayot orasida ancha-muncha masofa bor. Qolaversa, adabiyotda originallik kerak deyiladi. Muxiddin shunga amal qilib, she’rlarini xam, nasrdagi nazmlarini xam o‘ziga xos tarzda qog‘ozga tushirishga urinadi. Va bu kitob muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Masalan, mana bunday:
Senga atab she’r yozganimda,
Gul ochilar qalam uchidan.
Men yolg‘onchi, sexrgar emas,
Bular bari sevgi kuchidan.
“Dil davosi” sizni befarq qoldirmaydi, deb o‘ylaymiz.