Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali
BatafsilKetma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish
BatafsilHurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.
BatafsilAgar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.
2016
O'zbek (kir)
752
978-9943-27-754-0
Mavjud emas
Reyting |
E’tiboringizga havola etilayotgan mazkur kitob O‘tkir Hoshimov asarlari ichida qamrovi, o‘quvchi qalbiga yaqinligi bilan alohida ahamiyatga ega. Unda adib qariyb qirq yillik davrni o‘z ichiga olgan, bir qancha chigal va murakkab taqdirlar misolida o‘z xalqining urush davrida boshdan kechirgan hayoti, qismati haqida mahorat bilan qalam tebratgan. Zamon va davr qanday sharoitda kechishidan qat’i nazar insoniy qadr-qimmat tushunchalarini saqlab qolgan, taqdirini el-yurti, xalqi, Vatani taqdiri bilan bog‘lagan, farzandidan ayrilganida ham qalbiga quvonch baxsh etishi mumkin bo‘lgan boshqa sababni o‘zi uchun yarata olgan, hayotini sevgi-muhabbat tuyg‘ulari bilan bezamoqchi bo‘lgani holda urush hukmiga tobe bo‘lib qolgan insonlar qismatini ifodalovchi ushbu asar mutolaasidan so‘ng bugungi o‘tayotgan tinch-omon hayotingiz, farzandlaringiz baxti uchun shukrona aytasiz. Asar aynan shu jihati bilan qalblarga yaqin.
Sovuq xabar
Payshanba – maosh kuni edi. Peshindan keyin atrofi taxta devor bilan omonat o‘ralgan qurilish hovlisiga chang-to‘zon ko‘tarib «ZIL» mashinasi kirib keldi. Chekkadagi ko‘chma vagoncha oldida voshillab to‘xtadi. Kabina eshigi ochilib, qo‘ltig‘iga qora sumka qistirgan kassir qiz – Faya sakrab tushdi. Vagoncha zinasiga pildirab chiqib, baqirdi: – Yigitlar, kelig‘iz, zarplata olig‘iz! Betonchi Safar aka ayiqdek lapanglab vagoncha tomonga birinchi bo‘lib yurdi. Ketidan payvandchimiz Ikrom aka. Uning ketidan Erkin degan takelajchi yigit... Saraton oftobi ayovsiz qizdirayotgan, oyoq ostida qum, beton qorishmasining kukunlari sochilib yotgan maydonchadan o‘tib, vagoncha soyasiga bordimu turib qoldim. Hozir dilsiyohlik bo‘lishini bilib, yuragim g‘ash tortdi. Quruvchi xalqi – nozik. Maoshning barakasi uchdimi, darrov «O‘z ixtiyori bilan» ariza beradi-da, smetasi «eb bitirilmagan» boshqa joyga o‘tadi-ketadi. Toshkentda nima ko‘p – qurilish ko‘p. To‘g‘ri, bizning yigitlar unaqa emas: o‘n uch kishi zilziladan buyon birga ishlaymiz: o‘n ikki yil bo‘ldi. Hammamiz aka-uka bo‘lib ketganmiz. Olti yil avval meni o‘zlari brigadir qilib «ko‘tarishgan». Shu kungacha naryadni o‘rtacha o‘n so‘mdan kam yopmasdim. Bu safar... ...Hammasiga o‘sha «A – 1» armaturali la’nati panel sabab bo‘ldi. Yo‘q, gap panelda emas, «Kobra»da! «Kobra» deganimiz boshqarmamizning boshlig‘i – Shavkat Qudratovich. Shu odam o‘z vaqtida uysozlik kombinatidan «A – 1» emas, «A – 2» armaturali panelni etkazib berganida olam guliston edi. Tag‘in do‘q urishiga o‘laymi?! Uch kun avval «Moskvich»ida kep qoldi... Brigadadagi yigitlar uni «Kobra» deganicha bor. Har «ko‘zi» piyoladek oynak taqib yuradi. O‘zining yuzi lagandek. Razm solib qarsangiz, oppoq chinni laganning ikki chetiga ikkita piyola to‘nkarib qo‘yilganga o‘xshaydi. Aslida kim qanaqa ko‘zoynak taqishi o‘zining ishiku-ya! Faqat Shavkat Qudratovichning fe’li g‘alati: o‘tirgan kreslosini shunaqangi yaxshi ko‘radiki, Safar akaning aytishicha, orqasini o‘sha kursiga kamida «besh yuz» markali sement bilan yopishtirib olgan: qimirlasa terisi shilinib chiqadi. Unga bitta narsa kerak: qay yo‘l bilan bo‘lmasin, planni bajarsa, ko‘chma qizil bayroq olsa – bas. Ketidan ishkal chiqsa, prorabnimi, brigadirnimi aybdor qiladi-yu, o‘zi bir chekkaga chiqib turaveradi. Qabuliga kirsangiz o‘pishib ko‘rishadi, chiqishingiz bilan orqangizdan yomonlaydi...