Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali
BatafsilKetma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish
BatafsilHurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.
BatafsilAgar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.
2020
O'zbek (lot)
624
978-9943-6325-7-8
Mavjud emas
Reyting |
Ushbu kitob qadimgi Yunonistonning buyuk adibi Homer qalamiga mansub "Iliada" dostonining rus tili orqali (rus tiliga N.I.Gendich) o'zbek tiliga Qodir Mirmuhammedovdan tarjima qilingan ko'rinishidir.
Shuni bilingki, badiiy asarni tarjima qilish (ayniqsa, turkiy tillarga mansub boʼlmagan tildan tarjima qilish) shu asarni qaytadan yozish bilan teng qiyinchilikka ega. Shu tildagi iboralarni, soʼzlarni, jumlalarni yoki maqol-matallarni maromiga yetkazib tarjima qilish juda mushkul ish hisoblanadi. Chunki bunda tarjimondan bevosita eng kamida ikkita xorijiy tilni mukammal bilish, shuningdek, o'sha til egalari - xalqning turmush-tarzi, etnografiyasini, madaniyatini va tarixini mukammal bilish talab etiladi.
Ushbu asarni o'qir ekan (garchi afsona bo'lsa ham) insoniyat uchun or-nomus tuyg'usi, oila-sha'ni qanchalik muqaddas ekanligini yanada chuqurroq anglaysiz. Bu tuyg'ularning toptalishiga qarshi kurash Menelay, Agamemnon, Nestor obrazlarida yaqqol ko'zga tashlanadi.
Insonning har doim do'stiga suyanishi, hatto u uchun jonini ham berishga tayyorligi necha asrdan buyon muqaddas fazilat ekanligi Ayaks, Axilles, Patrokl obrazlarida yorqin tasvirlangan.
Asarda Ona Vatan himoyasi alohida rangdor bo'yoqlarda berilgan. Haqiqiy vatanparvar inson Ona Vatan himoyasi uchun hamma narsadan voz kechishi mumkin. Dostonda bunday yorqin fazilatlar Hektor obrazida juda ta'sirli berilgan.
O'qing, zavqlaning!