Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali
BatafsilKetma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish
BatafsilHurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.
BatafsilAgar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.
2016
O'zbek (lot)
200
978-9943-07-393-7
8200 so'm
Reyting |
Kelajakda Vatanning ko‘rar ko‘zi, ishongan tog‘i bo‘lish uchun har bir farzand o‘zini anglab yetishi kerak. O‘zini o‘zi anglash esa o‘z ona tilini mukammal bilishdan boshlanadi. Bizning ona tilimiz shunday go‘zal, shunday boy va imkoniyatlari katt a tilki, so‘zlarimiz ma’nosini tushungan holda, o‘z o‘rnida ishlatilsa, tinglagan odam shavq-u zavq oladi.
Hukmingizga havola etilayotgan bolalar uchun rasmli izohli lug‘at farzandlarimizga o‘zligini angashdek mas’uliyatli vazifani uddalashda yaqin ko‘makchi bo‘ladi degan umiddamiz. Lug‘atda sevimli farzandlarimiz uchun ona tilimizning ming bir so‘zini uning turli ma’nolarida izohlab, rasmlar yordamida tushuntirib berishga harakat qildik.
SO‘Z MAMLAKATIGA SAYOHAT
Assalomu alaykum!
Aziz bolajonlar, «salom» so‘zi bizga arabchadan kirgan bo‘lib, «tinchlik» degan ma’noni bildiradi. Shuning uchun salomni to‘liq berish kerak. Agar «Salom, bolalar!» desak, «Tinchlik, bolalar!» degan bo’lamiz. Bunda «Tinchlikni saqlang, bolalar!» demoqchimizmi yoki «Tinchlik boshlandi» demoqchimizmi? Balki «Tinchlik bermang!» degandirmiz? Boshlagan gapimizning oxiri bo‘lmaganidan keyin, hech narsani anglab bo‘lmaydi-da! Agar «Assalomu alaykum» desak, arabchasiga «Men sizga tinchlik tilayman» degan bo‘lamiz. Siz ham so‘zni dumi yulingan tovuqday kalta qilmasdan, «Vaalaykum assalom!» deyishingiz kerak, chunki shunda siz ham salom beruvchi kishiga tinchlikxotirjamlik tilagan bo‘lasiz. Yana biz «Marhabo!» desak ham bo‘ladi. Bu ham arabcha so‘z bo‘lib, «Xush kelibsiz!», «Marhamat!» degan ma’noni bildiradi.
...