Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali
BatafsilKetma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish
BatafsilHurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.
BatafsilAgar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.
2018
O'zbek (lot)
409
978-9943-19-438-0
Mavjud emas
Reyting |
Inson faqat bugungi kun bilangina yashamaydi, uning qalbida ertaning umidi ham bo‘y ko‘rsatishi tabiiy. Aslida, bugun ham, erta ham o‘tmishdan andoza oladi. Shunday ekan, biz, ertaning umidida yashayotganlar, oladigan andozalarimizning tarixini yaxshi bilamizmi? Bizlarga o‘rnak bo‘luvchi, bizlarni ulug‘vor ishlarga, yaratuvchiliklarga undovchi ajdodlarimizni yaxshi bilamizmi? Bu mangulik savolga har bir avlod o‘zicha javob axtarmog‘i aniq.
Tarixda buyuk ishlari, mardliklari, qahramonligi, yurtparvarligi, ozodlik uchun kurashi bilan lol qoldirgan Jaloliddin Manguberdi taqdirini yaxshi bilish ham ana shu savolga izlanayotgan javoblardan biridir. Biz shu paytgacha Jaloliddin Manguberdi haqida nimalar bilar edik? Nihoyatda oz narsa! Demak, qo‘lingizdagi ushbu kitob biz taqdirini, tarixini oz miqdorda biladigan yurtdoshimiz haqida nihoyatda ko‘p ma’lumotlar berishi bilan qimmatlidir.