Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Charlz Dikkens

Charlz Dikkens

 

Djon Xaffem Charlz Dikkens (Charles John Huffam Dickens; 7 fevral 1812 yil, Lendport — 9 iyun 1870 yil, Xeydsxill) — ingliz yozuvchisi. Adabiy faoliyati 1833 yilda boshlangan. Mehnatkash xalqning og'ir axvoli Dikkens asarlarining bosh mavzusi boʻlgan. Dikkens tanqidiy realizm uslubining asoschilaridan hisoblanadi. Hajviy-sentimental ruhda yozilgan "Pikvik klubining oʻlimidan keyingi yozishmalari" (1837), "Oliver Tvistning sarguzashtlari" (1838), "Nikolas Niklbi" (1839) romanlari Dikkensni dunyoga mashhur qildi. 19-asrning 40—50-yillari Dikkens ijodi gullagan davr boʻldi. "Martin Chezlvit" (1844) romanida Amerika voqeligidagi salbiy tomonlar tasvirlangan. "Dombi va oʻgʻli" (1848) romanida insonlik qiyofasini yoʻqotgan, manmansiragan ingliz boyvachchalari hajv tigʻi ostiga olingan. Tarjimai hol yoʻsinidagi "David Kopperfild" (1850) romanida esa oʻsha zamonning ijtimoiy ziddiyatlari koʻrsatilgan. Dikkens asarlarida, umuman oddiy kishilar qiyofasi zoʻr mahorat bilan aks etadi. 1848 yilda Angliyada chartistlar (yoʻqsullar) harakati magʻlubiyatga uchragan davrda Dikkens dolzarb ijtimoiy muammolarni qalamga oldi ("Sovuq uy", 1853; "Mashaqqatli zamon", 1854; "Jajji Dorrit", 1857 va boshqalar). Bular orasida, ayniqsa, "Mashaqqatli zamon" romani alohida ahamiyatga ega.

"Ikki shaharcha toʻgʻrisida qissa" (1859), "Intizorlik" (1861), "Bizning umumiy doʻstimiz" (1865) kabi romanlarida esa Dikkens jamiyatni ijtimoiy inqirozdan olib chiqish yoʻllarini badiiy vositalar yordamida tasvirlaydi.

"Oliver Tvistning sarguzashtlari" romani oʻzbek tilida nashr qilingan (1984).