Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Oliver Tvistning boshidan kechirganlari

Oliver Tvistning boshidan kechirganlari
Ko‘rganlar, jami:

18312

Muallif:

Tarjimon:

Erkin Mirobidov

Nashr yili:

2016

Tili:

O'zbek (lot)

Betlar:

640

Nashriyot:

Yangi Asr Avlodi

ISBN raqami:

978-9943-27-701-4

Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko'rinishi va rangi haqidagi ma'lumotlar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo'lgan eng so'nggi ma'lumotlarga asoslanadi.
Parchani o'qing
Elektron kitob
E'tibor bering "Sotib olingan kitoblar qanday o'qiladi?" bo'limi bilan tanishib chiqing!

12800 so'm

Sotib olish

Reyting

  • Annotatsiya
  • Kitobidan parcha
  • Fikr va mulohazalar

Angliyaning ovloq shaharlaridan biridagi «Mehnat uyi» – «G‘aribxona». Taqdir taqozosi bilan bu yerga kelib qolgan yosh va ko‘hlikkina juvonning shu mudhish dargohda ko‘zi yoridi. Bola dunyoga keldi-yu, ona esa olamdan o‘tdi. Sho‘rpeshona go‘dak muhtojlik va qiynoqlar ostida o‘n yoshga to‘ldi. Uni tobutsozga shogirdlikka berdilar. Bola bu yerdagi azob-uqubatlar, haqoratlarga dosh berolmay, boshi oqqan tomonga qarab qochdi. Mana katta London yo‘li. Tuguncha ko‘targan, ust-boshi yupun, boshida homiysi, bisotida sariq chaqasi yo‘q so‘qqabosh, qiltiriq bolakay ketib boryapti... Aziz kitobxon, keling, kitobni birgalikda o‘qib ko‘raylik-chi, bolakay qaylarga oshiqyapti-yu, uni oldinda ne savdolar kutyaptiykin?

OLIVER TVIST TUG‘ILGAN JOY VA UNING DUNYOGA KELISHIGA OID VAZIYAT HAQIDA HIKOYA QILADI
Talay sabablarga ko‘ra nomini tilga olmaslik ma’qul bo‘lgan, shuning uchun ham kamina hech qanday to‘qima nom bermagan bir shahardagi jamoatchilik binolari orasida, qadimdan deyarli barcha katta-yu kichik shaharlarda uchraydigan bino bor, bu – mehnat uyi 1 . Xuddi ana shu mehnat uyi da ismi sharifi mazkur bobning sarlavhasida qayd etilgan isyonkor banda tug‘ildi – ushbu voqea qaysi kun-u qaysi soatda sodir bo‘lganini ma’lum qilishga urinib o‘tirmasam ham bo‘laveradi, chunki buning kitobxon uchun hikoyatimizning ayni bosqichida – zarracha ahamiyati yo‘q. Qavm tabibi 2 bolani kulfat va g‘am-anduh olamiga qabul qilib olganida, biron ism olish uchun bu murg‘ak tananing omon qolishi anchagacha dargumon bo‘lib turdi, basharti u olamdan ko‘z yumganida bormi, ushbu xotiralar hech qachon yozilmasligi turgan gap edi. Bordi-yu, bosilib chiqqan taqdirda ham ikki-uch sahifadan nariga o‘tmasdi. Shuning uchun ham u istalgan asr, istalgan mamlakat ada biyotida saqlanib qolgan tarjimayi hol asarlarining eng qisqa hamda eng haqqoniy andazasi bo‘lishi ehtimoldan xoli emasdi. Zotan, mehnat uyida tug‘ilish inson bolasi peshonasiga bitilgan baxt, deya ta’kidlamasam ham, baribir hozirgi sharoitda buni Oliver Tvist uchun taqdirning eng a’lo in’omi, deb hisoblardim. Negaki, Oliver Tvistning nafas olishga ham kuchi yetmasdi. Holbuki, tabiat insonlarning sog‘lom yashashi uchun mazkur mashg‘ulotni shart qilib qo‘ygan. Murg‘ak jun to‘shakchada hayot bilan o‘lim o‘rtasida olishib, lekin keyingisi sari qat’iy yuz tutib, bir muddat nafas ololmay bo‘g‘ilib yotdi. Agar Oliver ana shu qisqagina muddat davomida kuydi-pishdi buvilar, bezovta amma-xolalar, tajribali hamshira-yu donishmand tabiblar qurshovida bo‘lganida bormi, uni shak-shubhasiz va muqarrar o‘ldirib qo‘yishlari tayin edi. Ammo tepasida odatdagidan ko‘proq pivo ichganidan boshi g‘ovlab turgan qash shoq kampir va shartnomaga muvofiq o‘z vazifasini ado etayotgan qavm tabibidan bo‘lak odam bo‘lmagani tufayli Oliver bilan tabiat ikkovlashib bu jangda g‘olib chiqishdi. Pirovardida, qisqagina olishuvdan so‘ng, Oliver nafas oldi, chuchkirdi va mehnat uyi istiqomatchilarini qavm zimmasiga yuklanayotgan yangi tashvishlardan ogoh etib, faqat o‘g‘il bolalardangina kutsa bo‘ladigan, bor-yo‘g‘i uch-u chorak daqiqagina muqaddam o‘ziga ato qilingan g‘oyatda foydali ehson quloqni teshgudek chinqiroq ovozda big‘illab yig‘lay boshladi.

Kommentariy qushish
Fikr va mulohaza bildirilmadi. Birinchi bo'ling!