Komil Jalilov *
Komil Jalilov – 1979 yil 18 dekabrda Samarqand shahrida tug’ilgan.
2000 yil Samarqand davlat chet tillar instituti, 2002 yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini va 2018 yil London universiteti kolleji Ta’lim instituti magistraturasini (University College London UCL Inistitute of Education, UK) tamomlagan. AQShning Kolumbiya universitetida (Columbia University, New York, USA) va Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida (Westminster International University in Tashkent) pedagogika va ingliz tilini o‘qitish metodikasi yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirgan.
“Ingliz tilidan mavzulashtitrilgan testlar to‘plami” (“Abituriyent-2011” loyihasi turkumidan, 2011), “English: Key to Success” (ikki tomli, 2014), “Exam Skills for Teachers and Learners of English” (2016, 2018), “Practice Tests for Exam Skills for Teachers and Learners of English” (2018) qo‘llanmalari chop qilingan. Ish faoliyati davomida Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti qoshidagi akademik litsey, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti huzuridagi akademik litsey, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetining Toshkent shahridagi filiali singari ta’lim muassasalarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Test Markazi Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasida faoliyat yuritgan.
Ayni paytda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida pedagogik va ilmiy faoliyat olib bormoqda.
Поделиться с друзьями в соцсетях