Endi Siz sotib olgan kitoblaringizni yuklab olishingiz shart emas!
E'tibor bering: hozirda bizning saytimizda sotib olingan elektron kitoblar uchta usulda o'qilishi mumkin:
mobil-ilova orqali, Windows-ilovasi orqali va saytdagi onlayn-o'quvchi orqali. Батафсил -->

M.M. Vaxitov

M.M. Vaxitov

 

Vaxitov Mubin Mubinovich, texnika fanlari doktori, professor. 1951 yil 3 avgustda Buxoro viloyatining Romitan tumanida tug‘ilgan. 1976 yilda Toshkent politexnika institutini “Sanoat va fuqarolik qurilishi” mutaxasisligi bo‘yicha imtiyozli bitirgan. 1982 yilda Moskva Beton va temirbeton ilmiy tadqiqot institutida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. 1985 yilda “Sanoat va fuqarolik qurilishi” kafedrasi dosenti ilmiy unvoniga tasdiqlangan. 1995 yilda Toshkent Arxitektura – qurilish institutining ixtisoslashtirilgan kengashida texnika fanlari doktori ilmiy darajasi uchun tayyorlangan dissertasiyasini himoya qilgan. 1997 yilda professor ilmiy unvoni berilgan. U 3 darslik, 10 o‘quv qo‘llanma, 10 monografiya tayyorlagan va me’yoriy hujjatlar tayyorlashda qatnashgan, ixtirolar qilgan va dolzarb mavzularga bag‘ishlab 240 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etgan.