Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Muhammad Yusuf

Muhammad Yusuf

 

Muhammad YuSUF 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan.
Shoirning dastlabki she’rlari 1976 yili «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» haftaligida bosilgan. Birinchi kitobi «Tanish teraklar» nomi bilan 1985 yilda chop etiladi. So‘ng uning «Bulbulda bir gapim bor», «Iltijo», «Uyqudagi qiz», «Ko‘nglimda bir yor», «Erka kiyik» nomli qator she’riy to‘plamlari nashr qilinadi.
Mazkur to‘plamlarga kirgan she’rlarida shoir o‘zi mansub bo‘lgan avlodning eng olijanob va yuksak insoniy fazilatlari bilan birga ular qalbidagi yoshlik sururini, ishq va muhabbatning ajib tug‘yonlarini samimiy ohanglarda yonib kuyladi.
Uning yuragidan to‘kilgan navobaxsh she’rlar dilbar qo‘shiqlarga aylanib, Muhammad Yusuf nomini tezda elga tanitdi.
Shoir ishq-muhabbatni alqagan nazmi bilangina emas, ona-Vatanga cheksiz sadoqatini izhor etgan, istiqlolni va xalqni ulug‘lagan she’rlari bilan ham yoshlarning sevimli shoiriga aylandi.
Muhammad Yusuf 2001 yil 31 iyulda vafot etgan.