Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Zarifboy Ibodullayev *

Zarifboy Ibodullayev

 

Toshkent tibbiyot akademiyasi “Аsab kasalliklari, tibbiyot psixologiyasi va psixoterapiya” kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori. U 1965-yil 19-yanvarda Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida o`qituvchi oilasida tavallud topgan. Z. Ibodullayev Toshkent Davlat tibbiyot institutining davolash fakultetini 1988-yili “Davolash ishi” yo‘nalishi bo‘yicha tugatib akademik Nabi Majidov tavsiyasiga ko‘ra “Asab kasalliklari” kafedrasida yosh kadr sifatida ishlashni boshladi.
Z.Ibodullayev 1989-yil Toshkent Davlat tibbiyot instituti “Asab kasalliklari” kafedrasi o‘quv-ilmiy laboratoriyasiga mudir etib tayinlanadi. 1991-yil 2-Toshkent Davlat tibbiyot institutining “Asab kasalliklari” kafedrasiga assistent lavozimiga ishga qabul qilinadi.
Z. Ibodullayev 1997-yilgacha deyarli psixiatriya fani mavzulariga o`xsab qolgan tibbiyot psixologiyasi mavzularini qayta ko`rib chiqish zarurligini ilgari suradi. Bu taklif institut rahbariyati, hususan, rektor Karimov H.Yo. tomonidan ma`qullanadi. Z.Ibodullayev O`zbekistonda “Tibbiyot psixologiyasi” fanini o`qitishni Yevropa davlatlari o`quv dasturlariga moslashtirib tuzadi. Fan dasturini tuzishda asosiy urg`u “Psixosomatik tibbiyot” ga beriladi. Respublikada birinchi bo`lib tibbiyotda “Freyd nazariyasi va psixoanaliz” ta`limoti o`qitib boshlanadi.
2008-yil Z. Ibodullayev tomonidan “Tibbiyot psixologiyasi” darsligi chop qilingan. Ushbu fan bo`yicha O`zbekistonda ilk bora nashrdan chiqqan darslik 2009-yil “Yilning eng yaxshi darsligi” sovriniga sazovor bo`ldi. 2008-2010-yillar
Z. Ibodullayev tomonidan “Tibbiyot psixologiyasi” fani bo`yicha magistratura yo`nalishi uchun DTS ishlab chiqildi.
Z. Ibodullayev tomonidan 2008-yil tayyorlangan “Tibbiyot psixologiyasi” darsligining 2-nashri 2012-yil, 3-nashri 2019-yil chop etiladi. O`z faoliyatini nevrologiya va keyinchalik neyropsixologiya sohasidan boshlagan olim asab kasalliklariga oid darsliklar va o`quv qo`llanmalarini ham chop qildiradi. 2013 va 2014-yillar “Asab kasalliklari” darsligi kirill va lotin alifbolarida nashrdan chiqqan hamda “Yilning eng yaxshi darsligi” sovriniga sazovor bo`lgan.
Professor Zarifboy Ibodullayev 160 dan oshiq ilmiy asarlar muallifi. Uning ilmiy rahbarligida nevrologiya, neyropsixologiya va tibbiyot psixologiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha dissertatsiya ishlari tayyorlangan va tayyorlanmoqda. Z. Ibodullayev tomonidan “Asab kasalliklari” darsligi (2013, 2014, 2021), “Umumiy nevrologiya” darsligi (2021), “Tibbiyot psixologiyasi” darsligi (2008, 2012, 2019), nevropatologlar uchun “Insult va koma” (2014), “Epilepsiya” (2018), “Nevrologiya” (2017) nomli yirik qo‘llanmalari chop qilingan. Keng omma uchun mo`ljallangan “Asab va ruhiyat” nomli asar 2013-yildan buyon 4 marotaba nashrdan chiqdi va shu kunlarda 5-nashri chop qilinish arafasida. 2022-yil Turkiyada “Asab va ruhiyat” (Sinir va ruhiyat) kitobi turk tilida nashr yuzini ko`rdi.

So`nggi yillarda Z. Ibodullayev tomonidan chop qilingan ilmiy ishlar ro`yxati:
Z. Ibodullayev. Insult va koma. Vrachlar uchun qo`llanma. T.: 2014. – 196 b;
Z. Ibodullayev. Epilepsiya. Vrachlar uchun qo`llanma. T.: 2018. – 174 b;
Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik, 3-nashr. Toshkent. 2019. 494 b.
Z. Ibodullayev. Asab va ruhiyat. Ilmiy-ommabop risola. 4-nashr. 2019. 312 b.
Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. Darslik, 2-nashr. Toshkent. 2021. – 960 b.
Z. Ibodullayev. Umumiy nevroligiyai. Darslik, Toshkent. 2021. – 312 b.
Z. Ibodullayev. Sinir va ruhiyat. Ilmiy-ommabop risola. Turkiya, Ankara., 2022. 316 b.