Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Vohidov Erkin

Tugildi:

28 dekabr 1936 yil

Vafot etdi:

30 may 2016 yil

 

Erkin Vohidov — taniqli o‘zbek shoiri va jamoat arbobi. 1936 yilning 28 dekabrida Oltiariq tumanida o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan. To‘qqiz yoshida otasidan, bir yildan so‘ng onasidan ajralgan. Toshkentlik tog‘asi Karimboy Sohiboev qo‘lida tarbiyalangan. ToshDU (hozirgi O‘zMU)ning o‘zbek filologiyasi fakultetida (1955—1960) tahsil olgan. So‘ng turli nashriyot va gazeta-jurnallarda ishladi. Respublikamiz yoshlarining birinchi jurnali «Yoshlik»ning asoschisi (1982).U I va II chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Keyingi yillarda O‘zbekiston Oliy majlisining qo‘mita raisi vazifasida ishlagan. Uning birinchi kitobi «Tong nafasi» 1961 yilda chop etildi. Shundan so‘ng uning «Qo‘shiqlarim sizga» (1962), «Yurak va aql» (1963), «Mening yulduzim» (1964), «Nido» (1964), «Lirika» (1965), «Palatkada yozilgan doston» (1966), «Yoshlik devoni»(1969), «Charog‘bon» (1970), «Quyosh maskani» (1972), «Tirik sayyoralar» (1978), «Sharqiy qirg‘oq» (1981), «Kelajakka maktub» (1983), «Muhabbat» (1984), «Hozirgi yoshlar» (1986), «Iztirob» (1991), «Yaxshidir achchiq haqiqat» (1992) kabi she’riy to‘plamlari nashr qilindi. Shoir inson ruhiyatining nozik va ilg‘ash mushkul manzaralarini ta’sirchan aks ettirgan. Odamni komil ko‘rmoq istagi uning she’rlari asosini tashkil qiladi. Erkin Vohidov rus shoiri Sergey Eseninning she’rlarini buyuk mahorat bilan o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 2016 yilning 30 may kuni taniqli ijodiy arbob va O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etdi.

Vohidov Shodmon Huseynovich

Tugildi:

19 dekabr 1961 yil

 

Vohidov Shodmon Huseynovich, 1961 yili 19 dekabr Panjakent shahri (Tojikiston) da tavallud topgan. Tojikiston davlat universiteti, tarix fakultetini bitirgan. 1984 yildan Toshkentda yashaydi. Tarix fanlari doktori, professor. Manbashunos, tarixchi va tarjimon. Arab yozuvidagi qo'lyozmalar o'rganilishi bo'yicha mutaxassis. Bir qancha xalqaro konferentsiya va ilmiy anjumanlar ishtirokchisi. Hozirda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent davlat sharqshunoslik institutida dars beradi. Uning rahbarligida olti nafar tadqiqotchi nomzodlik risolalarini himoya etgan. Asarlari O'rta Osiyo xalqlari tarixi va mdaniyatiga doir. Qo'qon va Xiva xonliklari hamda Buhoro amirligida tarixnavislik maktablarining vakillari asarlarini o'rganadi. "Tarixiy meros" (o'zbek va rus tillarida), "Kitoblar, kutubhonalar, kataloglar" (o'zbek va rus tillarida), "O'zbekiston tarixi arab yozuvidagi manbalarda" (o'zbek, rus va ingliz) ilmiy turkumlarning muallifi. Shu turkumlarda 20 dan ortiq asarlarni tarjima etib, tadqiqot va izohlar bilan chop ettirgan. 30 ga yaqin turli tillardagi kitoblar, monografiya, risolalar, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.