Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Qosimov Saidakromxon

Tugildi:

22 noyabr 1997 yil

 

Qosimov Saidakromxon Botirjon o‘g‘li 1997 yilning 22 noyabr kunida Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani, Nayman qishlog‘ida dindor oilada tug‘ilgan. 2014 yili Bog‘ot tumanidagi №48 sonli umumiy o‘rta maktabni tugallab, shu yili Toshkent shahri Ko‘kaldosh o‘rta maxsus islom bilim yurtiga o‘qishga kirib, uni 2018 yilda tamomlagan. 2018 yilda Misr Arab Respublikasidagi “Al-Azhar” nomli Universitetga hujjat topshirib, o‘qishga qabul qilingan.

Qosimov Usmonjon

 

Usmonjon Qosimov filologiya fanlari nomzodi. “Yozuvchining sirlari. Abdulla Qahhor saboqlari” (1995) monografiya, “Tog‘ay Murod” (1997), “Teran ildizlar” (2002) kabi kitoblar muallifi. Ernest Heminguey va Uilyam Folkner asarlari tarjimoni.

Qosim Dilshod

Tugildi:

20 iyul 1969 yil

 

Dilshod Qosim (Qosimov Dilshod Shuhratovich), 1969 yil 20 iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1992 yilda Toshkent Davlat universitetini (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) tamomlagan. 1998–2017 yillarda “Hamkor” gazetasida bosh muharrir o‘rinbosari vazifasida faoliyat ko‘rsatgan. Shuningdek, markaziy gazetalarda ko‘plab maqolalari eʼlon qilingan. 2018 yildan «Silk Road Publishing» O‘zbekiston–Xitoy nashriyotida bosh muharrir lavozimida ishlamoqda. «Anna Frank kundaligi yoxud kitob javoni ortidagi hayot», Jon Rokfellerning «Milliarder xotiralari», Nikola Teslaning «Menga ayon haqiqatlar» yodnomalari, Solomon Nortapning «O‘n ikki yil qullikda» romani, «Yangi koronavirus infeksiyasi: profilaktika usullari», «Xitoycha bolalar massaji» nomli kitoblarni o‘zbekchaga o‘girgan.