Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Khushbakov Jumanazar

Tugildi:

5 avgust 1994 yil

 

Jumanazar Khushbakov Bakhodir ogli was born in Surkhandarya region, Muzrabad district on 5th of August in 1994. Currently, he is a studebt at Uzbekistan State University of World Langnages sbch as English, Spanish, Korean and Russian. He wants to learn many languages with the wonts to share one of the innovative ways with people.

Kenjaboyev Jaxongir

 

Kenjabaev Jahongir 1980 yil Termiz shahrida tug‘ilgan. Hozirgi kunda 2003 yildan beri Termiz davlat universitetining Xorijiy filologiya fakulteti chet tillari kafedrasida Ingliz tili va adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha o‘qituvchi bo‘lib ishlab kelmoqda.

Kenjabaev Aman Turg‘unovich

Tugildi:

31 oktyabr 1959 yil

 

Kenjabayev Aman Turg‘unovich 1959 yilning 31 oktyabrida Jizzax viloyati Forish tumani Ilonchi qishlog‘ida tug‘ilgan. 1977 yilda Jizzax viloyati Forish tumanidagi 6-o‘rta maktabni, 1982 yilda Toshkent Xalq Xo‘jaligi institutining (Hozirgi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti) “Iqtisodiy kibernetika” fakultetini tugatgan. O‘z mehnat faoliyatini 1982 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Kibernetika ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida muhandislikdan boshlab, 1986 -1989 yillarda mazkur birlashmaning kunduzgi aspiranturasida o‘qigan. 1989-1991yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi kibernetika ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida kichik ilmiy xodim, ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan. 1991-1992 yillarda Toshkent Davlat iqtisodiyot Universitetida Hisoblash markazi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 1992-1997 yillargacha TMI “IAQIAS” kafedrasida dotsent, so‘ngra 1997 yildan to hozirgi davrgacha TMI “Informatsion-kommunikatsion texnologiyalar” (IKT) kafedrasining mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 2015 yilning 15 mayidan Xalqaro injenerlar akademiyasining injenerlik taʼlimi bo‘yicha muxbir aʼzosi hisoblanadi. 250 dan ortiq ilmiy asarlar muallifi...

Kenja Qamchibek

Tugildi:

15 avgust 1946 yil

 

QAMCHIBEK KENJA 1946 yili Andijon viloyatining Izboskan tumanida tugʻilgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning avval jurnalistika, soʻng filologiya fakultetlarida tahsil oldi (1964–1969). Mehnat faoliyatini “Oʻzbekiston madaniyati” (hozirgi “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati”) gazetasida boshlab (1969–1979), keyin Izboskan tumani “Paxtakor” gazetasida adabiy xodim, boʻlim mudiri, maktablarda oʻqituvchi sifatida davom ettirdi. 1980 yildan esa Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi badiiy adabiyotni targʻib etish byurosining Andijon viloyatidagi vakili sifatida ish yuritdi. 1983 yili Toshkentga kelib, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi nasr kengashida adabiy maslahatchi vazifasida faoliyat koʻrsatdi. 1985–2005 yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati boʻlimining masʼul kotibi boʻldi. Qamchibek Kenja adabiyot dargohiga shoir sifatida kirib kelib, dastlab “Sogʻinch” sheʼriy toʻplamini (1975) chop ettirdi. Adibning ikkinchi kitobi “Yashil barg” hikoyalar toʻplami esa 1977 yilda bosildi. Shundan soʻng adibning “Koʻngil koʻchalari” (1979), “Ishqing tushsa” (1981), “Orzumandlar” (1982), “Notanish gul” (1988), “Togʻ yoʻlidagi bir oqshom” (1987), “Sohildagi suv parisi” (1993), “Qizil gullar” (1995), “Sohibjamol ayol siri” (1996), “Muhabbatni gunoh desalar” (1996), “Kulgubaxsh umr” (1997), “Boburiylardan biri” (2000), “Baxt qushi yoki ushalgan orzular” (2001), “Xamir uchidan patir yoxud kulcha hikoyalar” (2005), ikki jildli “Saylanma” (2006–2007), “Andijondan Bagʻdodgacha” (2007), “Buyuklar izidan” (2006), “Sevinchlarim va kuyinchlarim” (2010), “Toshqin” (qissa, 2010), “Koʻngil kechinmalari” (2011), “Palaxmon” (roman, 2011), “Jasorat” (maʼrifiy-biografik qissa, 2012), “Muhabbat badali”(2013), “Mashaqqat va jasorat”(2015), “Hayot hikmatlari” (2016) kabi sheʼriy, nasriy va publitsistik kitoblari dunyoga keldi. Qamchibek Kenja Bobur nomidagi xalqaro ekspeditsiya aʼzosi sifatida Boburiylar va boshqa buyuk ajdodlarimiz izidan Afgʻoniston, Eron, Pokiston, Hindiston, Bangladesh, Turkiya, Suriya, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Iroq kabi mamlakatlar boʻylab ijodiy safarlarda boʻldi. Ana shu safarlar taassurotlari asosida yaratilgan “Hind sorigʻa” (2000), “Andijondan Dakkagacha” (2003), “Buyuklar izidan” (2006), “Andijondan Bogʻdodgacha” (2007), “Buyuk Sohibqiron oʻtgan yoʻllarda” (2014) kabi badiiy safarnomalari yaratildi. U “Boburiylar izidan” (1993), “Bobur salomi” (1993), “Buyuk Bobur vorislari” (2002) nomli hujjatli-ommabop filmlar ssenariylari muallifi hamdir. Qamchibek Kenja tarjimon sifatida A. Pushkin, X. Xeyne, Sh. Petefi, V. Bryusov, M. Svetlov, V. Firsov, Nazrul Islom kabi xorijlik shoir, yozuvchilarning sheʼr va dostonlari, nasriy asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirdi. Ayni paytda uning sheʼr va hikoyalari ham rus, ingliz, ukrain, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, uygʻur va boshqa xalqlar tillariga tarjima qilindi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Qamchibek Kenja 1998-yilda “Shuhrat” medali, 2004-yilda “Xalqaro Bobur mukofoti” bilan taqdirlandi. Respublika Yozuvchilar uyushmasining Istiqlolning 23 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan “Vatan uchun yashaylik” tanlovi gʻolibi boʻldi. 2014-yilda unga Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetining faxriy professori ilmiy unvoni berildi.

Kenja Rahmonberdi

 

Rahmonberdi Kenjaev 1934 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Texnika fanlari nomzodi. 100 dan ziyod ilmiy, ma’rifiy, tarbiyaviy maqolalar hamda “Tojmahalim Naziram”, “Siyratim sadosi” nomli kitoblar muallifi.