Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Karimov Anvar

 

Mirza Anvar Karimov – tarix fanlari nomzodi, dosent, xalqaro “Antik dunyo” ilmiy Akademiyasining akademigi, mudarris, publisist va tarjimon. “O‘zbekistonda televidenie”, “Inson ziynati”, “Televidenie Uzbekistana” kitoblari bosilib chiqqan.

Karimov Islom

 

Islom Abdug‘anievich Karimov 1938 yil 30 yanvarda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, O‘zbekiston qahramoni (1994). O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni, 2007 va 2015 yillardagi prezidentlik saylovlari g‘olibi. O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilingunga qadar O‘zSSR kommunistik partiyasi birinchi kotibi. 1991 yilda O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi. 2016 yil 2 sentyabrda Toshkent shahrida vafot etgan. Islom Karimov boshchiligida O‘zbekiston o‘zining Konstitusiyasiga ega bo‘ldi va BMTda tan olindi.

Karimov Po‘lat

 

Karimov Po‘lat Abduvohidovich, Samarqand viloyati Payariq tumani, Ko‘lto‘sin qishlog‘ida tug‘ilgan. Samarqand Davlat dorilfununining kimyo fakultetini tugatgan. 35 – sonli o‘rta maktabda ko‘p yillar kimyo fanidan saboq bergan. “O‘zbekiston Respublikasi Halq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni va “Shuhrat” medali sohibi.

Karimov Egambеrgan

 

Urganch avtomovil va yo‘llar kolleji direktori, O‘zbekiston qahramoni, Sho‘bekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi. Ta’lim sohasida 40 yildan buyon xizmat qilib kelmoqda. Uning muallifligida nashrdan chiqqan kitob va darsliklar o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalarida darslik sifatida foydalanib kelinmoqda. Ular jumlasiga “Avtomobillarda yuk tashish va uni tashkil qilish”, “Avtomobillarda yo‘lovchi tashish”, “Yuk avtomobillari”, “Korxona va aholiga transport-ekspedisiya xizmati ko‘rsatish”, “Avtochilangarlik” va “Avtomobil va dvigatellarni ta’mirlash” kabi kitoblar kiradi.

Karimov Husanboy

Tugildi:

20 avgust 1939 yil

 

Husanboy Karimov – 20 avgust 1939 yilda Farg‘ona shahrida tavallud topgan. O‘zbekiston Respublikasi Jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zosi. Uning “Ministrning omonati”, “Iztirob titroqlari”, “Cho‘qqidan oqqan ko‘z yoshlar”, “Jaholat”, “Ajal o‘yini” , “Burgut changalida” kabi detektiv asarlari adabiyot muxlislari e’tiborini qozongan. Muallifning telefon raqami: +998902312002

Karimiy G‘ulom

Tugildi:

30 aprel 1962 yil

 

G‘ulom Karimiy 1962 yil 30 aprelda Buxoro viloyati Olot tumanidagi Soim Xibrayli qishlog‘ida tavallud topgan. Toshkent davlat Universiteti Sharq fakulteti Eron filologiyasi bo‘limini tamomlagan (1987). Afg‘onistonda harbiy tarjimon bo‘lib ishlagan. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida katta ilmiy xodim lavozimida mehnat qilgan. “Karvon” (1988), “Turon qoploni” (1988), “Sohibqiron va alloma” (2002) tarixiy qissalari, “Narshax qal’asi” (2011) tarixiy romani chop etilgan. Shuningdek, olimning manbashunoslikka oid 10 ga yaqin ilmiy monografiyalari nashr etilgan. 2014 yili vafot etgan.

Karimiy Xolmuhammad

 

Xolmuhammad Karimiy 1966 yilda Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Katman qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning filologiya fakultetida o‘qigan. Uning «Hurayro», «Hurliqo», «Buni hayot deydilar... nomli qissa va hikoyalar to‘plami chop etilgan.

Karim Halim

 

Halim Karim (Karimov Halimjon) 1960-yilda Andijon shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti (O‘zMU)ning filologiya fakultetini tamomlagan. 40 dan ortiq ilmiy, adabiy-tanqidiy, ijtimoiy-siyosiy mavzularda maqolalari, sheʼrlari nashr etilgan. Filologiya fanlari nomzodi...