Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

O‘nta negr bolasi

O‘nta negr bolasi
Ko‘rganlar, jami:

45849

Janr/bo‘lim:

Romanlar, hikoyalar

Muallif:

Tarjimon:

Hasanboy Teshaboev

Nashr yili:

2016

Tili:

O'zbek (kir)

Betlar:

224

Nashriyot:

Yangi Asr Avlodi

ISBN raqami:

978-9943-27-681-9

Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko'rinishi va rangi haqidagi ma'lumotlar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo'lgan eng so'nggi ma'lumotlarga asoslanadi.
Parchani o'qing
Elektron kitob
E'tibor bering "Sotib olingan kitoblar qanday o'qiladi?" bo'limi bilan tanishib chiqing!

9300 so'm

Sotib olish

Reyting

  • Annotatsiya
  • Kitobidan parcha
  • Fikr va mulohazalar

Agata Kristi nomini alohida tanishtirishga hojat yo‘q. Adabiyot ahli tomonidan haqli ravishda detektiv janrining etakchilaridan biri sifatida tan olingan. Uning mazkur asarida ham kitobxon sirli va qiziqarli olamga sayohat qilishi muqarrar. Muallifning o‘zi aynan shu asarini eng yaxshisi deya e’tirof etgani ham bejiz emas. Ushbu asarda bir-biriga hech qanday aloqador bo‘lmagan o‘nta odam xilvat oroldagi uyga keladi. Sirli taklifnoma bilan ularni bu erga kim chaqirdi? Yaxshi detektiv ixlosmandlarining yuragi darrov shuv etib ketadigan manzara. Dunyodan ajrab qolgan bo‘mbo‘sh orol, ko‘p xonali, zimiston yo‘lakli katta sirli uy va Zanjilar orolining sohibi taklifiga ko‘ra uyga kelgan o‘nta mutlaqo notanish, bir-biriga o‘xshamagan o‘nta odam. Bu erda ularni qulay shart-sharoitlar, mazali taom va shinam yotoqxonalar kutib turibdi. Lekin havas qilgudek mehmondo‘stlik tez orada sarobga aylanib, mehmonlar savdoyi qotil qurgan tuzoqqa tushib qolgani ma’lum bo‘ladi. Ular orolning toshloq zaminiga qadam qo‘ygan zahoti tuzoq yopilgan. Oroldan qochishning iloji yo‘q. Barchani shubha-gumon chulg‘ab olgan. Chehralarda ajal soyasi. Qo‘rquv va dahshat. Faqatgina bolalar sanoq she’ri va mitti negr bolalari tugashi bilan bu dahshatli o‘yinga ham xotima yasaladi. Biroq nega? Ularni birin-ketin eng g‘ayrioddiy yo‘llar bilan o‘ldirish kimga kerak? Nima uchun sodir bo‘layotgan voqealarning bari quvnoq bolalar she’ri bilan chambarchas bog‘liq? Nahotki bu jumboqning echimi topilmasa, nahotki hammasi o‘limga mahkum bo‘lsa? Lekin nima uchun? Ular rostdan ham aybdormi?

BIRINChI BOB
Kashandalar uchun mo‘ljallangan birinchi klass vagonning bir burchagida sudya Uorgreyv – u yaqinda iste’foga chiqdi – sigara tutatgancha «Tayms»dagi siyosiy xabarlarni ko‘zdan kechirardi. Ko‘p o‘tmay, gazetani chetga surib, oynadan qaradi. Poezd Somersetdan o‘tib borardi. Sudya xayolan chamalab ko‘rdi – yana ikki soat yo‘l bosish kerak.Yo‘l bo‘yi Zanjilar oroli haqida gazetalarda yozilgan gaplarni qayta-qayta eslab chiqdi. Uni avval amerikalik millioner – ishtiyoqmand yaxtachi sotib olgan. Tez orada Devon qirg‘og‘idan uncha olis bo‘lmagan ushbu orolda zamonaviy usulda qurilgan hashamatli uy qad rostladi. Biroq ne nadomatki, millioner uchun yangi ovunchoq bo‘lmish uchinchi xotinining kema chayqalishiga tobi yo‘q ekan. Shu bois, millioner uyniyam, orolniyam bahridan o‘tishga majbur bo‘ldi. Qarabsizki, gazetalarda g‘oyat jozibador ta’rifu tavsiflar bilan orol sotilishi haqida e’lon paydo bo‘ldi. Keyin orolni allaqanday janob Onim sotib olgani haqida xabar tarqaldi. Shundan so‘ng gazeta xronikachilarining boy tasavvuri ishga tushib ketdi. Aslida Zanjilar orolini Gollivud kinoyulduzi miss Gabriella Tyorl sotib olgan! Bir necha oyni o‘sha erda xotirjam, ya’ni muxbirlaru oldi-qochdi shov-shuvlardan yiroqda o‘tkazmoqchi! «Bizi Bi» nazokat bilan shama qildi: Orol qirollik oilasining yozgi qarorgohi bo‘ladi. Janob Merriueder qulog‘iga bundan-da ajib gaplar chalinibdi: go‘yoki orolni yosh lord L. sotib olgan. Va nihoyat u ham Kupidon 1 qurboniga aylanib, endi asal oyini shu orolda o‘tkazishni niyat qilmoqda. «Jonas» ga aniq-tiniq ma’lum edi – o‘ta maxfiy tajribalar o‘tkazish maqsadida orolni harbiy flot boshqarmasi sotib olgan! Darhaqiqat, Zanjilar oroli gazeta sahifalaridan tushmas edi. Sudya Uorgreyv cho‘ntagidan xatni oldi. Bunchalik xunuk dastxatni o‘qish amrimahol bo‘lsada, aji-buji yozuvlar orasida aniq yozilgan jumlalar ham ko‘zga tashlanardi: «Qimmatli Lorens... Yuz yildan beri bilinmay ketdingiz... Zanjilar oroliga albatta keling... Maftunkor joy... gaplashadigan gap ko‘p... yoqimli xotiralar... tabiat qo‘ynida bo‘lamiz... oftobda toblanamiz... 12.40. Paddington vokzalidan... Sizni Oukbrijda kutib olaman... – xat oxiriga jimjimador imzo qo‘yilgan, – doimo intizor Konstansiya Kalming ton». Sudya Uorgreyv xayolida o‘tmish xotiralarini jonlantirib, ledi Konstansiya Kalmingtonni oxirgi marta qachon ko‘rganini eslashga urindi. Chamasi etti yil avval. Agar sakkiz yil bo‘lmasa. O‘shanda u oftobda toblanish, tabiat va «haqiqiy erkak» qo‘ynida bo‘lish uchun Italiyaga jo‘nab ketgandi. Shundan so‘ng Suriyaga ko‘chib o‘tgan. U erda yanayam jazirama quyoshda toblanib, yovvoyi tabiat va badaviylar bilan tillashishni maqsad qilgan. «Orol sotib olish, – deb o‘yladi sudya, – sirli hayot qo‘ynida yashash Konstansiya Kalmington fe’l-atvoriga tamomila mos tushadi». Sudya mamnun bosh irg‘adi: ayni paytda o‘zidan xursand edi – har doimgidek nishonga bexato urdi. Keyin ko‘zi ilinib, bir maromda chayqala boshladi. Vera Kleytorn – u uchinchi klassda ketayotgandi – o‘rindiq suyanchig‘iga o‘zini tashlab, ko‘zini yumdi. Vagonda undan bo‘lak yana beshta yo‘lovchi bor edi. Bugun poezdning ichi o‘lgudek issiq! Birmuncha vaqt bo‘lsa ham, dengizda yashash qanday yoqimli! Yo‘q, ish borasida omadi chopishini sira kutmagandi! Yozda ish qidirsang, nuqul bolalar ichida o‘ralashib yurishga to‘g‘ri kelardi. Kotibalikka joylashib olish deyarli ilojsiz narsa. Hatto agentlik orqali ham. Birdan xat oldi: «Menga sizni «Ishbilarmon ayollar» agentligi tavsiya qildi. Adashmayotgan bo‘lsam, ular sizni yaxshi bilishadi. Qancha maosh olmoqchi ekaningizni ayting. Oldindan barchasiga roziman. 8 avgustdan boshlab xizmat burchingizni bajarishga kirishasiz. Poezd 12.40 da Paddington vokzalidan jo‘nab ketadi. Sizni Oukbrij bekatida kutib olishadi. Yo‘l xarajati uchun besh funt qo‘shib jo‘natyapman. Samimiyat ila, Anna Nensi Onim». Yuqoriga manzil yozib qo‘yilgan: «Zanjilar oroli, Stiklxevn. Devon». Zanjilar oroli! Keyingi paytlarda gazetalar faqat shu haqda yozishyapti! Muxbirlar tagdor luqmalar tashlab, ajabtovur mishmishlarni urchitishardi. Aftidan, hammasini ham rost deb bo‘lmasdi. Lekin nima bo‘lgan taqdirda ham, o‘sha uyni millioner qurdirgan. Va aytishganidek, u erdagi dabdabadan har kimning aqli shoshadi. Yaqinda tugagan semestr tufayli xiyla toliqqan Vera Kleytorn: «O‘rtamiyona maktabda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lish nimaligi yolg‘iz xudoga ayon... Qaniydi, birorta tuzukroq maktabdan ish topolsam», – deb o‘yladi. Bu o‘ydan ichi zil ketsa-da, o‘zini-o‘zi koyiy boshladi: «Yo‘q, omadim keldi aslida. Agar ishing tergovda bo‘lsa, oxir-oqibat seni hatto oqlab yuborishganda ham, gardaningda bir umrlik dog‘ qoladi». Keyin tergovchi o‘z xulosasida undagi dadillik va jasurlikni alohida qayd qilib o‘tgani esiga tushdi. Ha, tergov yaxshi o‘tdi. Bundan ortig‘ini kutib bo‘lmasdi. Hamilton xonim ham unga juda mehribonlik qildi... Agar Hyugo bo‘lmagandami... (Yo‘q, yo‘q, endi Hyugo haqida o‘ylamaydi!) Betoqat issiqqa qaramay, eti jimirlab ketdi. Dengizga borayotganidan afsuslandi. Ko‘z o‘ngida tanish manzara paydo bo‘ldi. Siril qoya tomon suzib ketyapti, boshi goh suv yuzida paydo bo‘ladi, goh ko‘rinmay qoladi... Paydo bo‘ladi, ko‘rinmay qoladi – ko‘rinmay qoladi, yana paydo bo‘ladi... U ortidan suza boshladi, to‘lqinlarni osonlikcha kesib o‘tyapti, qo‘l harakatlari odatdagidek. Lekin yaxshi biladi, ulgurmasligini juda yaxshi biladi... Dengiz – iliq moviy to‘lqinlar – issiq qumda soatlab yotish – va Hyugo – Uning aytishicha, hammadan ham... Yo‘q, Hyugo haqida o‘ylash mumkinmas... U ko‘zini ochib, qarshisida o‘tirgan baland bo‘yli, oftobda qoraygan, moviy ko‘z, do‘rdoq lablari burishgan erkakka norozi qiyofada ko‘z tashladi. «Bas boylashim mumkin, butun umri sargardon o‘tgan. Ko‘pni ko‘rgan odamligi aniq...» Ro‘parasida o‘tirgan qiz haqida tasavvur hosil qilish uchun Filipp Lombardga bir qarashning o‘zi kifoya qildi. Chiroylikkina, lekin ko‘zlarida o‘qituvchilarga xos nimadir bor… Sovuqqon. Hayotda ham, sevgi-muhabbat borasida ham o‘zini xafa qildirib qo‘ymasligi shubhasiz. Bir omadini sinab ko‘rsamikan?

Kommentariy qushish
Fikr va mulohaza bildirilmadi. Birinchi bo'ling!