Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Usmon Saodat

 

Саодат Усмон (Мусаева Саодат Усмонқуловна) 1959 йил 29 майда Тошкент шаҳрида туғилган. 1976 йилда Чирчиқ шаҳридаги 12-умумтаълим мактабни тугатган. 1976-1981 йиллар давомида Тошкент Давлат Ирригация ва мелиорация инженерлари институтида таҳсил олган. Ижод намуналари республика матбуотида эълон қилинган. Шоиранинг “Ҳаёт, сени тўқийман” номли илк шеърий тўплами чоп этилган...

Usmon Farid

Tugildi:

1 avgust 1946 yil

 

Farid Usmon 1946 yil 1 avgustda Andijon shahrida xizmatchi oilasida tug‘ildi. Andijon davlat universitetining filologiya fakultetida, Moskvadagi M. Gorkiy nomli Adabiyot institutida (1985–1987) tahsil oldi. “Gulxan” jurnalida, Yozuvchilar uyushmasining targ‘ibot markazi viloyat bo‘limida, Andijon davlat tillar pedagogika instituti siyosiy fanlar kafedrasida, maktab va kasb-hunar bilim yurtlarida, Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limida xizmat qildi. 1998 yildan Andijon viloyat hokimligi o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi hamkorligida chop etilayotgan ijtimoiy-ma’rifiy nashr – “Kelajak” gazetasida muharrirlik qildi. Farid Usmon badiiy adabiyotga o‘tgan asrning 70-yillarida kirib keldi. Dastlabki turkum she’rlari “Yoshlik bayozi”, “Yoshlik” to‘plamlarida, gazeta va jurnallarda chiqa boshladi. She’rlari taniqli hofizlar tomonidan qo‘shiq qilib kuylandi. “Umid gulzori” (1976), “Navosiz navo” (1978), “Ul qaro ko‘z bo‘lmasa…” (1979), “Sochlaringda tun uyqusi” (1980), “Qadr kechasi”, “Jon qushi” (1997) kabi kitoblari, “Men kichikmas, kattaman”, “Bir juft binafsha”, “Oq oltin”ga ko‘k chiroq” singari bolalarga atalgan she’riy majmualari bosilib chiqdi. “Shahzod”, “Hovlidagi hangoma” kabi sahna asarlari Yosh tomoshabinlar teatrida namoyish etildi. Mustaqillik yillarida Farid Usmon “Ruh bulbuli” (2009), “Husn dovoni” (2006), "Qaylarga qochay laylo"(2010), “Yangi oy” (2011), “Meni sev” (2011),"Shoh Bobur yulduzi"(2013), "Andijon yurtida to‘lgan oy"(2019) singari kitoblar chop ettirdi. "Do‘stlik" ordeni sohibi.

Usmanova Farida

 

Taniqli jurnalist, adiba Farida Usmanova uzoq yillar o‘zbek matbuotida aktiv faollik ko‘rsatdi. Qalbi daryo insonlar haqidajuda ko‘p lavha va ocherklar yozdi. "Bahor malikasi", "Inson qadri", "Mehri daryolar" risolalari chop etildi. Uning "Dil faryodi" romani eng yaxshi ijodiy asarlar sifatida mamlakatimizning o‘n yillik yubileyi munosabati bilan o‘tkazilgan tanlovda ko‘rik g‘olibi bo‘ldi. Adibaning "Sinov", "Ona bag‘ri" dramalari sahnaga qo‘yildi. Muallifning "Qiz kelin" qissasi uning tabarruk 85 yoshida yozilgan.

Usmanov Sardor

 

Имеет ученую степень (Ph.D.) в политической науке (Франция). Двукратний лауреат стипендии отличия «Эйфель» Министерства иностраннух дел Франции. Исследователь в рамках программи Европейской Комиссии «Глобальное управление, регионализм и роль Европейского Союза» в Брюсселе. Ассистент Профессора в Университете Экономики Праги и эксперт-аналитик в Центре международних исследований имени Яна Масарика в Праге. Приглашенный лектор в Университете Миддлсес в Дубае, Американском Университете Шарджи, Вестфордской школе менеджмента Шарджи. Вел лекции в Академии Государственного Управления при Президенте Республики Узбекистан. Автор аналитических статей, опубликованнмх во Франции, Австрии, Бельгии и Чехии. Выпускник Университета мировой экономики и дипломатии (Ташкент).

Usmanov Botirjon

Tugildi:

10 mart 1966 yil

 

Usmanov Botirjon Sotivoldievich 1966 yil 10 martda Namangan viloyati, Chortoq shahrida tavallud topgan. 1991 yili Farg‘ona politexnika institutining «Anorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi» mutaxassisligini imtiyozli tugatib, shu institutning «Noorganik moddalar texnologiyasi» kafedrasiga assistent bo‘lib ishga qabul qilingan. 1995-99 yillari «Noorganik moddalar texnologiyasi» kafedrasida katta o‘qituvchi, 1999-2001 yillari kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi, 2002-2004 yillari «Kimyoviy texnologiya va biotexnologiya» kafedrasida katta o‘qituvchi, 2004-2007 yillari «Kimyoviy texnologiya» kafedrasi mudiri, 2007-2009 yillari «Kimyoviy texnologiya» kafedrasi dosenti, 2009-2012 yillari «Kimyoviy texnologiya» kafedra mudiri, 2012-2015 yillari «Kimyoviy texnologiya» kafedra dosenti, 2015-2018 yillari Farg‘ona politexnika instituti AL va KHK bilan ishlan bo‘yicha prorektor, 2018 yildan hozirga qadar «Oziq-ovqat texnologiyasi» kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 1996-2000 yillari Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi sirtqi bo‘lim aspiranturasida tahsil olgan. 2003 yil 4 iyulda “Tezkor granullash usulida olingan kunjara granulalarini quritish jarayonida issiqlik almashinishni jadallashtirish” mavzusidagi 05.18.12 - “Oziq-ovqat sanoatining jarayonlari, mashina va agregatlari” ixtisosligi bo‘yicha prof. Nurmuxamedov X.S. rahbarligida nomzodlik dissertasiya ishini himoya qilgan. B.Usmanov 5 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta monografiya, 3 ta patent, 100 dan ortiq o‘quv-uslubiy ishlanmalar, 150 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.

Usmanov Nizamiddin O‘.

 

Usmanov Nizamiddin - Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. Jizzax davlat pedagogika institutini tamomlagan, filologiya fanlari nomzodi, dosent. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi.
Hozirgi kunda mazkur institutda dars berish bilan birga milliy g‘oya targ‘iboti bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Tadqiqot ishlarining natijasi sifatida «Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini milliy g‘oya targ‘ibotiga tayyorlash texnologiyasi» (2012) nomli monografiyasi nashr etildi. Bundan tashqari, mualliflar bilan xamkorlikda 3 ta darslik, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta pedagogik lug‘at, 7 o‘quv-uslubiy qo‘llanma, shuningdek, 170 dan ortiq ilmiy va ilmiy ommabop maqolalari e’lon qilingan. Uning ilmiy maqolalari Rossiya, AQSh, Hitoy, Janubiy Koreya mamlakatlarining jurnallarida chop etilgan. Mazkur kitob muallifning navbatdagi monografiyasidir.