Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Konstantinova Lyudmila

Haqiqiy ism va sharifingiz:

Konstantinova Lyudmila Mixaylovna

 

Konfusiy

 

Konfutsiy (xitoycha 孔子, mil. avv. 551-479 yil) — Xitoy faylasufi, konfutsiychilik asoschisi va siyosiy arbob boʻlgan. Uning saboqlari va faylasufligi Xitoy, Koreya, Yaponiya va Vyetnam halqlarining oʻy-fikri va hayotiga chuqur taʼsir koʻrsatgan. Konfutsiy kambagʻallashib qolgan aristokrat va harbiylar oilasida tugʻilgan. 22 yoshida taʼlim berish bilan shugʻullanib, Xitoyning eng mashhur oʻqituvchisi sifatida shuhrat qozongan. Konfutsiy oʻzi ochgan maktabida 4 ta fan: axloq, til, siyosat va adabiyot oʻqitilgan. 50 yoshida Konfutsiy siyosiy faoliyatini boshlab, Lu davlatida yuqori amaldor boʻlib xizmat qiladi. Fitnalar natijasida xizmatidan ketadi, 13 yil mobaynida Xitoyning turli oʻlkalariga boradi, biroq u joylarda oʻz gʻoyalarini qoʻllay olmagach, miloddan avvalgi 484-yilda Luga qaytib keladi. Taʼlim berishdan tashqari qadimiy Xitoyning 5 ta mumtoz asari — „Shudzin“, „Shidzin“, „Idzin“, „Yuedzin“ va „Lidzi“ni toʻplash, tahrir qilish, tarqatish bilan shugʻullanadi. Konfutsiy taʼlimoti uning „Lun yuy“ („Suhbatlar va mulohazalar“) kitobida bayon etilgan. Bu kitob aslida Konfutsiyning fikrlari va suhbatlari asosida shogirdlari va izdoshlari tomonidan yaratilgan. Konfutsiy oʻzi uchun, avlodlari, yaqin shogirdlari uchun alohida ajratilgan qabristonga dafn etilgan; uning uyi Konfutsiy ibodatxonasiga aylantirilgan, bu joy ziyoratgoh boʻlib qolgan.

Konan Doyl Artur

Tugildi:

22 may 1859 yil

 

Artur Konan Doyl (ingl. Arthur Conan Doyle; 22-may 1859 — 7-iyul 1930) — shotlandiyalik fizik va yozuvchi. Artur Konan Doyl Sherlok Xolms haqida yozgan detektiv asarlari bilan butun dunyoga mashhurdir. Xolms haqidagi hikoyalrni millionlab kitobxonlar hozirga qadar sevib oʻqiydi. Xolmsning jinoyat ishlarini ajoyib mantiq va fikrlash bilan hal qilishiga kitobxon lol qoladi. Artur Konan Doylning koʻp asarlari rus tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Shu jumladan, „Sherlok Xolms haqida hikoyalar“ koʻp oʻzbek kitobxonlarining eng sevimli asarlaridandir. Artur Konan Doyl 1859-yil 22-mayda Edinburgda tavallud topgan. Edinburg Universitetida tahsil olgan. Doyl yozuvchilikdan tashqari fizika va tibbiyot bilan ham shugʻullangan. Konan Doyl ijodini „Sesassa vodiysining siri“ (1879) hikoyasi bilan boshlagan. Doyl „Badargʻa qilinganlar“ (1893), „Sardor Jerar jasorati“ (1894-95), „Rodney Ston“ (1896) tarixiy-sarguzasht romanlar, „Yoʻqolgan dunyo“ (1912), „Zaharlangan mintaqa“ (1913), „Marakot jarligi“ (1929) ilmiy-fantastik asarlar muallifidir.

Komilova Surayyo

 

Surayyo Komilova (Surayyo Komil) 1993 yilda Horazm viloyati Shovot tumanidagi Bo‘yrachi qishlog‘ida tug‘ilgan...