Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Me’mor

Me’mor
Ko‘rganlar, jami:

28706

Janr/bo‘lim:

Romanlar, hikoyalar

Muallif:

Nashr yili:

2019

Tili:

O'zbek (lot)

Betlar:

416

Nashriyot:

Kamalak

ISBN raqami:

978-9943-5367-4-6

Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko'rinishi va rangi haqidagi ma'lumotlar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo'lgan eng so'nggi ma'lumotlarga asoslanadi.
Elektron kitob:

Mavjud emas
Ma'lumot uchun: (90) 959-25-26 (0900 - 1900)

Qog'ozli kitob

22000 so'm

Сотувчи - KITOBXON
Дўкон тел.: +998 90 959-25-26

Reyting

  • Annotatsiya
  • Fikr va mulohazalar
O'zbekiston xalq yozuvchisi, Davlat mukofotining laureati Mirmuhsin Mirsaidov ushbu romanida o'tmish me'morlarining hayoti, beqiyos san'ati va o'sha zamon ziddiyatlarini tasvirlaydi.
Asarda nafaqat me'morchilik san'ati, balki o'sha davrdagi shohlar va shahzodalar orasida munosabat, avom xalqning qanchalar qiyin ahvolda ekanligi yorqin misollar bilan tasvirlab berilgan.
Shuningdek, asarning asosiy qahramonlari - Najmiddin Buxoriy, Badia, Zavrak, G'avvoslar obrazi orqali insoniy munosabat, adolat mezonlar, Vatan saodati, shuningdek, onalik muhabbati ham yorqin uslubda tasvirlangan.
«Me'mor»ning ushbu nashrida asar yaratilgan davrda keng ishlatilgan, biroq hozirgi kunga kelib iste'moldan chiqqan hamda yosh kitobxonlar uchun tushunarsiz bo'lgan so'z va iboralarning izohiga katta e'tibor qaratildi. Bunda nafaqat eskirgan, tushunilishi qiyin bo'lgan so'zlarning sharhi, balki ularning qaysi til: arab, forsiy tillarga mansub ekanligi haqida ham qaydlar berib borildi, bu esa o'z navbatda kitobxonning so'z boyligining oshishiga xizmat qiladi. Qolaversa, kitobxon badiiy asarni o'qish barobarida ona tilimizning imlo qoidalarini o'rganishi va o'zida ko'nikma hosil qilib borishini ko'zda tutgan holda asarning mazkur nashri hozirgi o'zbek adabiy tilining imlo qoidalariga moslangan holda berildi.
Aziz kitobxon! Ushbu asarda yana ko'p jihatlar bayon etilgan. O'ylaymizki, bular kitob mutolaasi asnosida sizning diqqatingizdan chetda qolmas degan umiddamiz!
Kommentariy qushish
Fikr va mulohaza bildirilmadi. Birinchi bo'ling!