Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali
BatafsilKetma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish
BatafsilHurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.
BatafsilAgar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.
2016
O'zbek (kir)
512
978-9943-27-802-8
Mavjud emas
Reyting |
Adibning eng sara asarlaridan sanalgan «Qasos va muhabbat» romanida meksika hindularining 4-5 asr burungi milliy ozodlik harakati qalamga olingan. Asarda adib to‘plagan ma’lumotlar jug‘rofiy, biologik, etnografik kuzatishlar qahramonlar taqdiri bilan bog‘lab tasvirlangan. Hurmatli kitobxonlarimiz sarguzasht janrining yana bir durdonasi bilan tanishishga muyassar bo‘ldilar.
JALLOD CHANGALIDAGI BO‘SA
Cholg‘ular varanglab, mulozimlarim kirib kelishdi. Ular badanni bezashga ustakor musavvirlarni ergashtirib, etti uxlab tushimda ko‘rmagan jimjimador sarpolarni ko‘tarib olishgandi. Hizmatkorlar meni echintirgach, suratkashlar «ijod»ni boshladilar. Boshdan oyog‘imgacha qizil, oq va ko‘k hoshiyalar tortib, vujudimni bedavo suratlarga to‘ldirishgach, allambalo bayroqning o‘zginasiga aylandim. Yuzim va lablarimga qizil bo‘yoq chapladilar. Ko‘ksimga kelganda, yuragimning ustiga qirmizi doira shaklini qunt bilan chizishdi. So‘ngra elkamdagi patila sochlarimni o‘rib, kokil yasashdi-da, lolarang lenta bog‘lab, uni hindular odatiga ko‘ra yaltiroq patlar bilan ziynatlashdi. Shundan so‘ng menga qimmatbaho liboslarni kiydirishdi – u poplarning jubbasiga o‘xshardi. Quloqlarimga oltin ziraklar, oyoq-qo‘llarimga tilla halqalar, bo‘ynimga zumrad qadalgan zebigardon taqildi. Bundan tashqari, ko‘ksimni yirik javohir bezab turibdi, u oydin tundagi dengiz misoli yaraqlaydi, iyagimda esa qizil chig‘anoqlardan yasalgan soqol. Mulozimlar meni yasantirishdan obdan ko‘ngillari to‘lgach, o‘z «san’atlari»dan mamnunlikda chetga o‘tdilar. Hullas, men taqmagan narsa yo‘q ediki, shu turishimda bizning Ditchingemda may oyida bezaladigan bayramona daraxtning o‘zginasi edim-da. Sozandalar yana ishga kirishdilar. Ikkala qo‘limga bittadan lyutnya tutqazib, qasrning keng zaliga boshlashdi. Asteklarning orolangan hamma kazo-kazolari shu erda ekan. Hasmimdagi to‘rt ayol: Hochi, Hilo, Atla va Klixto baland shohsupada meni kutishardi. Bu ismlar ularga to‘yimiz kuni berilgan, Atla – malika Otomi edi. Men o‘z o‘rnimni egalladim. Hotinlarim qoshimga kelib, birma-bir manglayimdan o‘pishdi va zar laganlarda anvoyi shirinliklar, oltin qadahlarda quyuq shokolad va meskal tutishdi. O‘sha tobda tomog‘imdan tariq o‘tmasa-da, dadilroq bo‘lish uchun o‘tkir meskaldan ichib oldim.