Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Oripov Abdulla

Tugildi:

21 mart 1941 yil

Vafot etdi:

5 noyabr 2016 yil

 

Abdulla ORIPOV 1941 yil 21 martda Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko‘z qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning talabalik yillarida yozgan «Tilla baliqcha», «Men nechun sevaman O‘zbekistonni» kabi dastlabki she’rlari o‘zbek poeziyasiga yangi iste’dod kirib kel- ganligidan darak berdi.1965 yilda nashr qilingan «Mitti yulduz» to‘plami unga daf’atan shuhrat ato etdi. Shundan keyin shoirning «Ko‘zlarim yo‘lingda», «Ruhim», «Xotirot», «Yillar armoni» singari to‘plamlari chop etildi va ularning har biri adabiyot maydonida hodisa bo‘ldi. Uning «Bahor», «O‘ylarim», «Onajon» kabi she’rlari nafaqat o‘zbek she’riyati, balki jahon she’riyatining ham namuna asarlariga aylandi. A. Oripov turli janrlarda ijod qildi. Jumladan, «Sohibqiron» pesasini yozib, buyuk sarkarda Amir Temur obrazini yarat- di. Shoir Dante «Ilohiy komediya»sining «Do‘zax» qismini tilimizga yuksak mahorat bilan tarjima qildi. Shoir ijodi «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan. Abdulla Oripov 2016 yilning 5 noyabr kuni vafot etgan.

Orif Ne’mat

 

Неъмат Ориф 1957 йилда Андижон вилоятининг Хўжаобод тумани Бобур қишлоғида туғилган. 1981 йили Андижон Давлат тиббиёт институти даволаш иши бўлимини тугатган. Шифокор бўлиб ишлаб келмоқда. Унинг “Аллоҳга илтижо”, “Ишқим тушди ўзингга”, “Кичик шифокор”, “Энажоним эртаги”, “Қишлоғимнинг қўшиғи”, “Армонли баҳор”, “Тану жоним, қоним Ватан” каби шеърий, “Ишқ ва алам” номли ҳикоялар тўплами чоп этилган. Шеърлари таниқли ҳофизлар томонидан куйга солиниб маромига етказиб ижро этилган. Республика ва вилоят ёш ижодкорлари танловларининг бир неча бор ғолиби...

Oqbosh Ali

 

Ali Oqbosh (Ali Akbaş) — turk shoiri. U 1941 yilda Kahramanmarashda tug‘ilgan. Istanbul universiteti adabiyot fakultetida tahsil olgan. «Devon» («Divan»), «Asl adabiyot» («Doğuş Edebiyat»), «Qanot» («Kanat») jurnallarida faoliyat ko‘rsatgan. U 2012 yil turk dunyosida yilning adabiyot kishisi bo‘lgan. Shoirning «Ertak zamoni», «Qush dasturxoni», «Ko‘kda oy po‘rtaxoldir» kabi she’riy to‘plamlari turk bolalar adabiyotida alohida qimmatga egadir. U ayni paytda Evrosiyo Yozuvchilari uyushmasi rais o‘rinbosari va «Qardosh qalamlar» («Kardeş Kalemler») jurnalining bosh muhariri sifatida elga, turk dunyosiga xizmatini davom ettirmoqda. Shoirning so‘nggi yillarda chiqqan «Ko‘chayotgan turnalar», «Eranlar dargohida», «Kuz kuylari» to‘plamlarini zamondosh turk she’rining eng so‘nggi yutuqlari aks etgan kitoblardir.

Omonullayeva Farangiza

 

Farangiza Omonullayeva 1996 yil 16 sentyabrda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Dashnobod QFY ning Dashnobod qishlog‘ida tug‘ilgan.

Omonova Bashorat

 

Башорат Омонова Қашқадарё вилоятининг Косон туманида туғилган. Тумандаги 26 - мактабни тугаллагач Ўзбекистон Давлат жаҳон тиллари университетида таҳсил олган. Кўп йиллар таълим соҳасида ишлаган. «Таълимда тарбия уйғунлиги», «Бошланғич синфдаги дарсларни педагогик технологиялар асосида ташкил этиш», «Китоб – маънавият манбаи» методик қўлланмалари нашр этилган. Бадиий ижод билан ҳам шуғулланади. «Ўн олти ёш истироблари», «Яшаш санъати», «Ерқўрғон ҳикоялари», «Қисмат тарозуси», «Жодугарнинг қизи» ва бошқа қисса ва ҳикоялари чоп этилган… Ҳозирда хусусий фирма раҳбари.

Omon Muhiddin

Tugildi:

18 mart 1963 yil

 

Muhiddin OMON – shoir, tarjimon, noshir. 1963 yil 18 martda Samarqand viloyati Poyariq tumanidagi Qorakesak qishlog‘ida tug‘ilgan. 1985 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning o‘zbek filologiyasi fakultetini imtiyozli tugatgan. Turli yillarda “O‘zbekiston” nashriyotida, “Sog‘lom avlod uchun” jurnalida, G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida muharrir, katta muharrir, bo‘lim mudiri sifatida faoliyat yuritgan. Ayni paytda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining mas’ul xodimi. Muhiddin Omon ijodiy faoliyati davomida ko‘plab nashriyotlar bilan hamkorlikda 300 dan ortiq turli mavzulardagi adabiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy va ilmiy-ommabop kitoblarni muharrir sifatida nashrga tayyorlab, 20 ga yaqin kitoblarni tarjima qilgan. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining( 1994 yildan), O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining(1996 yildan) a’zosidir. “Ko‘ngil darbozasi” (1993 y.), “Tole fasli” (1997 y.), “Munavvar sog‘inch” (2009 y.), bolalar uchun : “Dakang xo‘roz va uning jo‘jalari” (1999 y.,2006 y.), “Sog‘lomjon alifbosi” (2005 y.), “Z9 topishmoq” (2011y.), “Zehni a’lo, tili burro” (2012 y.), “Buyumlar tilgan kirsa” (2012 y.) nomli she’riy kitoblari chop etilgan. Muhiddin Omon tarjimon sifatida ham xalqimizni jahon adabiyotining mumtoz asarlari bilan tanishtirish ishiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. U XVI asr portugal shoiri Luis de Kamoens sonetlarini, ingliz yozuvchisi S.Moem esselarni, amerikalik adib R.Blox asarlarini, Niderland yozuvchisi Villi Korsarining “Mangu iztirob” romanini, Nobel mukeofoti laureati K.Gamsunning “Edvarda” (“Pan”) romanini , F.Nitshe hikmatlarini, Niderland shoirlaridan German Gorter, Yan Hendrik Leopold hamda Villem Klos she’rlarini, rus shoirlari S.Marshak, A. Barto, L. Kaminskiy, B. Zaxoder, A. Usachevlarning bolalarga atalgan quvnoq she’rlarini, Latish adabiyotining mashhur shoirlari O.Vasietis, P.Zirnitis, I.Auzin she’rlarini rus tilidan, Mirza Hasan Qorabog‘iy g‘azallarini esa ozarbayjon tilidan o‘zbek tiliga o‘girgan. 2014 yilda M.Omon Angliya, Gollandiya hamda Latviya shoirlaridan qilgan tarjimalari uchun “Jahon adabiyoti” jurnali tomonidan ta’sis etilgan Adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha “Ozod Sharafiddinov nomidagi yillik mukofotning “ “Eng yaxshi she’riy tarjima” nominasiyasi bo‘yicha g‘olibi bo‘ldi. Muhiddin Omon 60 dan ortiq qo‘shiqlarning, bir necha hujjatli film ssenariylarining muallifi hamdir.