Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Xushvaqtov Erkin

Tugildi:

15 mart 1959 yil

 

Dramaturg Erkin Hushvaqtov, 1959 yil 15 martda Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani Chambil qishlog‘ida tug‘ilgan. 1976 yili o‘rta maktabni bitirgach A. Qodiriy nomidagi Toshkent davlat Madaniyat institutining “Havaskorlik teatri jamoasi rejissyorligi” bo‘limiga o‘qishga kirgan va 1983 yili tamomlagan. O‘zbek Milliy akademik drama teatrida A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani asosidagi inssenirovkasi (1994 yil), “Chimildiq” (1996 yil), “Mashrab” (1997 yil), “Qirmizi olma” (2003 yil), “Andishalik kelinchak” (2005 yil), “Rashk” (2008 yil), A. Hidoyatov Drama teatrida “Eski muhabbat” (2004 yil), Yosh tomoshabinlar teatrida “Cho‘p qo‘g‘irchoq” (2004 yil), Respublika qo‘g‘irchoq teatrida “Cho‘p qo‘g‘irchoq” (2008 yil) va boshqa ko‘plab pesalari sahnalashtirilgan. 1987 yildan buyon O‘zbek Milliy akademik drama teatrida ishlab kelmoqda. O‘zbek teatri, kino va televidenie san’atlari rivojidagi xizmatlari uchun 2002 yili “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Xudoyqulov Muxtor

Tugildi:

1 noyabr 1936 yil

 

Taniqli o‘zbek hajvchi yozuvchisi, masalnavis shoir va olim Muxtor Xudoyqulov 1936-yil 1-noyabrda Farg‘ona viloyatining Rishton tumaniga qarashli Jaloyir qishlog‘ida tug‘ilgan. 1959-yilda O‘rta Osiyo Davlat universitetining jurnalistika bo‘limini tamomlab respublikaning markaziy gazeta va jurnallari tahririyatlarida ishlagan. U ko‘p yillardan beri Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakulteti va O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetida dars berib keladi. Muxtor Xudoyqulov o‘z ijodining boshlanishida masalchi shoir sifatida tanildi. Uning “Qoya va Xarsangtosh”, “Zirapcha”, “Hangomalar”, “Soyalar”, “Qirq masal”, “Alomat dunyo”, “Ko‘z bo‘lmasa peshona”, “Ming bir masal” kabi masal va hajviy sheʼrlari to‘plamlari bosilib chiqqan. Uning “Tongdagi chiroq” to‘plamida esa lirik sheʼrlari joy olgan. Yozuvchi shuningdek “Qadamlariga hasanot”, “O‘ylab topilmagan hikoyalar”, “Rivoyatlar va hikoyatlar”, “Dadam haqida hikoyalar” singari hikoyalar, «Mashhur izquvar Sherlok Xolmsning uyida mehmon bo‘lganim», «Everest cho‘qqisi ustida nonushta qilganim» kabi sayohat va boshqa ko‘plab nasriy va hajviy hikoyalar to‘plamlarining ham muallifi sanaladi. Adibning bolalar uchun yozgan “Quvnoq alifbe”, “Sanoq sonlar suhbati”, “Mittivoyning ajoyib va g‘aroyib sarguzashtlari”, “Kitob-oftob”, «Sindbodning yangi sarguzashtlari» kabi kitoblari yosh o‘quvchilarga manzur bo‘lgan. Muxtor Xudoyqulov keyingi yillarda dramaturgiya bilan shug‘ullanib bir qator sahna asarlari yozdi. Uning “Ibtido va Intiho” dramatik diologiyasi, “Iskandarning shoxi”, “Shahrixonlik kanizak” tarixiy dramalari, zamonaviy mavzuda yozilgan “Omonyor”, «Ko‘ksaroyga yo‘l» dramalarida muhim ijtimoiy masalalar qalamga olingan. Muxtor Xudoyqulov tarjima sohasida ham samarali ijod qilib keladi. U qadimgi yunon masalchisi Ezopning masallari, mashhur xitoy faylasufi Konfutsiyning hikmatlari, fransuz masalchisi J. Lafonten, rus masalchisi I.A.Krilov, hozirgi zamon rus shoiri S.Mixalkovning masal va hajviy sheʼrlarini, yugoslav yozuvchisi B.Nushich, gruzin adibi N.Dumbadzening roman va hikoyalari, bulg‘or xalq yumori − «Gabrovo latifalari»ni o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Serqirra ijodkor M.Xudoyqulov filologiya fanlari doktori, matbuot nazariyasi bo‘yicha yirik mutaxassis olim hamdir. Uning “Jurnalistikaga kirish”, “Ommaviy axborot vositalari nazariyasi”, «Ommaviy axborot vositalari tipologiyasi», “O‘zbek hajviy publitsistikasi”, “Badiiy publitsistika janrlari”, “Jurnalistika va publitsistika” kabi asarlari bo‘lajak jurnalistlar uchun o‘quv qo‘llanmasi va darslik sifatida xizmat qiladi. Muxtor Xudoyqulov respublikamiz ommaviy axborot vositalarida faoliyat olib borayotgan ko‘pgina jurnalistlarning ustozi hisoblanadi.

Xudoyberdiyeva Xalima

Tugildi:

17 may 1947 yil

Vafot etdi:

17 avgust 2018 yil

 

Halima Xudoyberdieva 1947 yil 17 mayda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida dunyoga kelgan. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). «Saodat» jurnalida adabiy xodim, bo‘lim mudiri (1972—75), bosh muharrir o‘rinbosari va bosh muharrir (1982—94), Yoshlar nashriyotida bo‘lim mudiri (1978—82), O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi (1990—94), «Yozuvchi» nashriyotida etakchi muharrir (1996—98), «Sanam» jurnalida bosh muharrir o‘rinbosari (1998—2003), 2004 yildan «XXI asr» gazetasida bo‘lim muharriri bo‘lib ishlagan. Halima Xudoyberdievaning ilk she’rlari o‘quvchilik yillarida Yangier tumani gazetasida bosilgan (1964). Shundan keyin uning «Ilk muhabbat» (1968), «Oq olmalar» (1973), «Chaman» (1974), «Suyanch tog‘larim» (1976), «Bobo quyosh» (1977), «Issiq qor» (1979), «Sadoqat» (1983), «Muqaddas ayol» (1987), «Bu kunlarga etganlar bor», «Hurlik o‘ti» (1993), «To‘marisning aytgani» (1996) «Yo‘ldadirman» (2005) va boshqa she’riy kitoblari nashr etilgan. Halima Xudoyberdievaning she’rlari ko‘plab xorijiy tillarga tarjima qilingan. To‘fon Minnullinning «Alla» pesasi uning tarjimasida O‘zbek Milliy akademik drama teatri sahnasida qo‘yilgandi. Fazu Alieva, Silva Kaputikyan, Ibrohim Yusupov ijodidan tarjimalar qilgan. Shoira she’rlarida sevgi-sadoqat, mehr va muruvvat tuyg‘ularini tarannum etarkan, ular orqali o‘zbek xotin-qizlarining orzu va armonlarini izhor qiladi. Va ayni paytda lirik qahramon o‘y-xayollarini, uning ichki kechinmalarini yorqin ifodalaydi. Bu bilan u zamondoshlarida ayollarga nisbatan hurmat va muhabbat hislarini uchqunlantirishga intiladi. Uning ko‘plab she’rlari xorijiy tillarga tarjima qilingan. Halima Xudoyberdiev birinchi chaqiriq Oliy Majlis deputati, Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1990), O‘zbekiston xalq shoirasi (1992 yil). 2018 yilda "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlangan. Shoira 2018 yil 17 avgust kuni vafot etgan.

Xudoyberdiyev Oybek

Tugildi:

27 dekabr 1995 yil

 

Xudayberdiev Oybek Samad o‘g‘li 1995 yil 27 dekabrda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tavallud topgan. 2012 yil Toshkent shahar Yashnabod tumaniga qarashli 244-sonli umumta’lim maktabini a’lo baholar bilan bitirgan. 2015 yil Toshkent shahar Yashnabod tumaniga qarashli Aviasozlik kasb-hunar kollejining “Buhgalteriya hisobi va audit” mutahassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2018 yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining Ijtimoiy fanlar fakultetining “Falsafa” yo‘nalishiga qabul qilingan bo‘lsa, so‘ngra 2019 yil o‘qishini O‘zMU ning gumanitar fanlar Tarix fakulteti “Tarix: mamlakatlar va mintaqalar aro” yo‘nalishiga ko‘chirgan. Bolaligidanoq adabiyot va ijodga qiziqishi yuksak bo‘lgani bois 7-8 yoshidanoq she’r va hikoyalar mashq qila boshlagan. “G‘azalxon Yoshligim” tanlovining Toshkent shahar bosqichi g‘olibi, shuningdek ona tili va adabiyot bo‘yicha tuman va shahar bosqichlarida bir necha bor faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Matbuotda ilk she’ri 2013 yil “Tengdoshlar ijodi ” adabiy jurnalida chop etilgan. Shundan so‘ng, to bugungi kungacha “Kitob dunyosi”, “G‘uncha”, “Gulxan”, “Oltin qalam”, “Sharq yulduzi”, “Ma’rifat”, kabi qator gazeta va jurnallarda badiiya, maqola, she’r, hikoya, qissa, ertak va esselari chop etib kelinmoqda. Bugungi kungacha: “Vatanim onaizorim” (She’riy to‘plam-2019), “Kuylanmagan qo‘shiqlar” (She’riy to‘plam-2019) “Simba” (Bolalar uchun she’r va hikoyalar to‘plami) kabi kitoblari nashr etilgan.

Xudaynazarov Azamatjon

Tugildi:

20 sentyabr 1992 yil

Asosiy janrlar:

-

 

Xudaynazarov Azamatjon – 1992 yilda Xorazm viloyati Yangibozor tumanida tug‘ilgan. 2013-2017 yillarda Urganch davlat universiteti talabasi, 2018-2020 yillarda esa Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti magistri bo‘lgan. O‘zbekiston yoshlarining ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda ishtiroki va faolligini yuksaltirishga bag‘ishlangan 20 dan ortiq ilmiy maqolalari turli jurnal va ilmiy to‘plamlarda chop etilgan. Hozirgi kunda Chirchiq davlat pedagogika universitetida mehnat faoliyatini olib bormoqda.