Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Toshpo‘latov Mirzapo‘lat

 

1952 yili Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanidagi «Dasht» qishlog‘ida tug‘ilgan. Maktabni ham shu qishloqda bitiradi. 1976 yili Milliy Universitetning jurnalistika fakultetini tugatgan. Yozuvchining «Yurakdagi sir», «Beorom to‘lqinlar», «Baxt yulduzi», «Oyni axtara- yotgan bola», «Sanam tog‘idagi gulxan» singari qissa va hikoyalaridan iborat kitoblari chop etilgan. Asarlari rus, ukrain, ozarbayjon, ispan va boshqa tillarga tarjima qilingan. Muallifning asarlari asosida «Olov qa’ridagi farishta», «Gunoh», «Tavba», «Muallim», «Zanjir» kabi badiiy filmlar suratga olingan.

Toshboev Olim

Tugildi:

27 may 1971 yil

 

Toshboev Olim Shoyimovich, 1971 yil 27 mayda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug‘ilgan. 1994 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetini tamomlagan. Filologiya fanlari nomzodi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist. Uzoq yillar davomida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida turli vazifalarda ishlab, teleradiokompaniya raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga qadar yo‘lni bosib o‘tgan. Hozirgi kunda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritmoqda. Uning ko‘plab hikoya (“Kiprik soyasi”, “Karbalo” va boshqalar) va publisistik maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Abadiy zamondosh” asari muallifning ilk yirik asari hisoblanadi.