Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Rajabov Satvaldi

Tugildi:

15 iyul 1946 yil

 

Satvaldi Rajabov (Sotvoli Rajabov) 1946 yil 15 iyulda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida tug‘ulgan. 1970 yil Toshkent davlat universitetini jurnalistika fakultetini tamomlagan. Dastlabki mehnat faoliyati 1969 yili “Mushtum” jurnalida adabiy xodimlikdan boshlangan. Shundan so‘ng viloyatdagi “Kommunist” (hozirgi “Andijonnoma”), Xo‘jaobod tumanidagi “Shonli mehnat” gazetalarida, O‘zbekiston teleradiokompaniyasi adabiy dramatik eshittirishlar bosh tahririyatida ijodiy xodim bo‘lib ishlagan. Adibning “Yosh gvardiya” nashriyotida “Mehr” hikoyalar to‘plami 1979 yilda, “Quyosh charaqlagan kun” qissasi 1980 yilda chop etilgan. Shuningdek, “Shahar doim gavjum” hikoyalar to‘plami 1980 yilda G‘afur G‘ulom nashriyotida, “Neob’yatnoe detstvo” nomli kitobi 1984 yili Ukraina nashriyotida, “Ildizi baquvvat chinor” qissasi 1998 yil, “Saxovatda podshoh inson” xotiralari, “O‘tib ketmish u xush onlar ham” nomli qissalar, hikoyalar, badialar to‘plami “Andijon” nashriyotida chop etilgan. “Qishloq xidi” qissalar, hikoyalar to‘plami O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Adabiyot jamg‘armasi nashriyotida 2007 yilda chop etilgan.

Rajabov Sherzod

 

Sherzod RAJABOV 1992 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Alisher Navoiy nomidagi Respublika nafis san’at maktabi, O‘zDJTU qoshidagi 1-sonli akademik liseyda tahsil olgan. Turli tanlovlar va fan olimpiadalari ishtirokchisi va g‘olibi. “Istiqlol jilolari” (2006), “Taqdirdagi tadbirlar” (2008) nomli to‘plamlari, shuningdek, Respublika matbuotida ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy, tarixiy-badiiy mavzulardagi 70 dan ortiq maqola va tarjimalari chop etilgan.

Rajab Dilshod

 

Dilshod Rajab o‘zbek bolalar she’riyatining istedodli vakillaridan biri. U 1964 yil Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida ziyoli oilasida tug‘ildi. 1982 yil A.Navoiy nomli 4-o‘rta maktabni oltin medal bilan bitirib, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti (hozirda universitet) o‘zbek tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga kirdi. 1983 – 1985 yillar harbiy xizmatda bo‘lib qaytgach tahsilni davom ettirdi. 1989 yil oliy dargohdagi tahsilni tugatib, o‘zi o‘qigan 4-maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishladi. 1990 – 1993 yillar Nizomiy nomidagi TDPI aspiranturasida o‘qib. Filologiya fanlari doktori, professor P.Shermuhamedov ilmiy raxbarligida “80-yillar o‘zbek bolalar she’riyatida poetik mahoratning ayrim masalalari” mavzusida nomzodlik ishini yozib, himoya qildi. U 1994 – 2004 yillarda O‘zbekiston Davlat matbuot qo‘mitasida, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi “Adabiyot jamg‘armasi” nashriyotida, Respublika “Shahidlar xotirasi” xayriya jamg‘armasida turli lavozimlarda ishladi. 2005 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Muhofaza+” jurnali, “Vaziyat” gazetasi birlashgan tahririyatida bosh muharrir sifatida faoliyat yuritmoqda. Yuzdan ortiq ilmiy, ilmiy-ommabop va publisistik maqolalari chop etilgan. Jurnalistika sohasida VI “Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov sovrindori (2011 yil). Shoir, filologiya fanlari nomzodi Dilshod Rajab o‘zining bolalarga atalgan qator kitoblari, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalari bilan o‘zbek bolalar adabiyoti rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. U ayni paytda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi bolalar va o‘smirlar adabiyoti kengashi a’zosi sifatida ham faoliyat ko‘rsatmoqda.

Rahmonov Shohruh

 

Shoxrux-Mirzo Rahmonov - O‘zbekistonlik ilk mnemonist. Butunjahon Hotira Chempionatida Vatanimiz sharafini himoya qilgan...