Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Ahmad Said

Tugildi:

10 iyun 1920 yil

Vafot etdi:

5 dekabr 2007 yil

 

Said Ahmad – nasrnafis va dramaturg, o‘zbek adabiyotida kichik nasr – hikoya ustasi sifatida tanilgan. Uning ko‘plab yuqori badiiy mahorat ila yozilgan novella va hajviy hikoyalari milliy adabiyotimiz rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. Mislsiz xizmatlari uchun Said Ahmad “Buyuk xizmatlari uchun” va “Do‘stlik” ordenlari hamda “O‘zbekiston qahramoni”, “O‘zbekiston xalq yozuvchisi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi” sharafli unvonlariga sazovor bo‘lgan. Said Ahmad 1920 yil Toshkentda ishchilar oilasida tug‘ilgan. U mehnat faoliyatini barvaqt boshlagan. 30-yil boshlaridayoq yosh jurnalist va ijodkor sifatida qishloq xo‘jaligi kollektivlashuvida va aholining savodsizligiga barham berishda faol ishtirok etgan. Katta xalq qurilishlarida muxbir bo‘lib ishlagan. 30-yil boshlari, 40-yil oxirlarida “Qizil O‘zbekiston” gazetasining sahifalarida, “Mushtum” va “Sharq yulduzi” jurnallarida o‘zining ocherk va hikoyalarini chop etadi, radioda ham faol ishlaydi. 30-yil oxirlaridan Said Ahmad badiiy nasr janrida samarali ijod qiladi, uning birinchi hikoyalar to‘plami “Tortiq” 1940 yil nashr etilgan. “Jimjitlik” romanida turg‘unlik davri illatlari fosh etiladi. 40-yillar uning “Er yurak” (1942), “Farg‘ona hikoyalari” (1948), “Muhabbat” (1949) kabi to‘plamlari nashr etilgan. 50-yillar boshi, 60-yillar oxirida Said Ahmadning ijodi yanada yuqoriroq badiiy darajaga ko‘tariladi. U o‘nlab lirik va hajviy hikoyalar yaratib, o‘zbek adabiyotining hikoya janri rivojida muayyan o‘ringa ega bo‘lgan. Bu yillar Said Ahmad ijodida yangi mavzu alohida e’tiborga loyiq – bu Markaziy Farg‘onaning bo‘z erlarini o‘zlashtiruvchilar hayotining aks etish mavzusidir. Bu hikoyalar “Cho‘l burguti”, “Cho‘l shamollari” va “Tunlar va cho‘llar” kabi to‘plamlardan joy olgan bo‘lib, bizning ko‘pmillatli adabiyotimizdagi “qishloq nasri”ning o‘ziga xos timsollari hisoblanadi. Said Ahmadning rafiqasi – Saida Zunnunova. 2013 yil 10 iyun kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Said Ahmad hamda Saida Zunnunovalarning haykallari o‘rnatilgan.

Ahmad Muzaffar

 

Muzaffar Ahmad 1956 yil Amudaryo tumanining Mang’it shahrida tug’ilgan. 1977 yili Nizomiy nomidagi universitetning filologiya fakultetini tugatgan. Rus, qozoq, turkman, tatar, qoraqalpoq tillaridan tarjima qiladi. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi (1996y). Respublika gazeta va jurnallarida (“Sharq yulduzi”, “Jahon adabiyoti”, “Sog’lom avlod uchun”), nashriyot sohalarida xizmat qilgan. Asarlari rus, qoraqalpoq, qozoq tillariga tarjima qilingan. Adabiyot va tarjimonchilik sohasidagi xizmatlari uchun (2013y) “Do’stlik” ordeni bilan mukofotlangan. Chop etilgan kitoblari: 1. Buyuk tadbirkorlar – 2010 yil. 2. 3. 4. Tarjimalari. Turkman tilidan: 1. Maxtumquli. “Saylanma” 1995 yil. 2. Maxtumquli. “Elga yoydim nasihat” 2008 yil. 3. Maxtumquli. “Sevmisham seni” 2014 yil. 4. Mullanafas. “She’rlar va Tohir – Zuhra dostoni” 2010 yil. 5. Otajon Tog’on. “Begona - roman” 2015 yil. Qozoq tilidan: 1. Nurg’ali Qadirboyev. “Ko’prik quramiz – hikoyalar” 2009 yil. 2. Sabit Do’sanov. “Yovshan isi – qissa va hikoyalar” 2006 yil. 3. Ersin Qo’ybaqar o’g’li. “Yoshligim – beboshligim” 2006 yil. 4. Abay. “Yorqin yulduz – she’rlar” 2015 yil. 5. Mekemboy O’marov. “Topishmoqlar” 2016 yil. Qoraqalpoq tilidan: 1. Berdaq. “Tanlangan asarlar” 1998 yil. 2. Murodboy Nizanov. “O’zga sayyorada etti kun – hikoya va qissalar” 1995 y. 3. Minay xon Jumaniyozova. “Yashin bo’lmay yashay olmayman – she’rlar” 2014 y. 4. Gulnora Nurlepesova. “She’riy to’plam” 2014 yil. 5. Pariza Avezova. “Kundalik daftar – hikoyalar” 2013 yil. 6. Mehribongul Tojimurodova. “Bolalikning bir kuni ” 2011 yil. 7. Sharop Usnaddinov. “Shoirning yoshligi – roman” 2015 yil.

Afro‘z Farida

Tugildi:

5 mart 1956 yil

 

Farida Afro‘z (Bo‘tayeva Farida Qo‘ziyevna) 1956-yil 5-martda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Qo‘qon Davlat pedagogika oliygohining tarix fakultetida o‘qigan. Ish faoliyatini G‘afur G‘ulom nomidagi Qo‘qon adabiyot muzeyida kichik ilmiy xodimlikdan, keyinchalik Sanʼat bilim yurtida o‘qituvchi, Bog‘dod tumanining “Avangard” gazetasida adabiy xodim, Uchko‘prik tumanidagi “Isteʼdod” ijodkorlar uyushmasi raisi, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat jamoatchilik markazi” huzuridagi “Shuur” ijodiy korxonasi direktori, Adliya vazirligi “Hayot va Qonun” yuridik jurnalida bosh muharrir o‘rinbosari, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida sanʼat bo‘limi boshlig‘i, “Yozuvchi” nashriyotida bosh muharrir, “Al-Afro‘z” MCHJda, hamda “Afruz-Records” MCHJ ovoz yozish studiyasida bosh direktor lavozimida ishlagan. 1994-yildan O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi aʼzosi. 1999-yili O‘zbekiston Prezidenti farmoni bilan “Shuhrat” medali hamda 2001-yili “O‘zbekiston Mustaqilligining 10 yilligi” ko‘krak nishoni, 2017-yilda “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. Chop etilgan kitoblari. “Qirqkokilligim” 1986-y., “Iztirob ko‘ylagi” 1992-y., “Tunlar isyoni” 1994-y., “Ko‘zim manim...” 1999-y., “Qurbonjon Dodxoh” tarixiy dramatik doston 2000-y., “O‘zimdan o‘zimgacha” 2001-y., “Poka yest na zemle razluka...”, “Ot Faridi Afruz” (Moskva), “Gun aydin” (Istambul), “Ushshoq” 2004-y., “Tasbih” 2007-y., “O‘sha kun bugundir” 2013-y., “Kuzdan arazladim”, “Yaxshiyam..” (nemis tilida) 2017-y., 2019-yil “O‘zimniki” (manzumalar kitobi), “Obodim yor” (qo‘shiqlar kitobi) nomli sheʼriy to‘plamlari va “Qirq qo‘shiq”, “Ayol qalbi”, “Kel, bugunni bayram qilaylik” audio kitoblari disk shaklida chiqqan. Sheʼrlari ko‘plab xorij tillariga tarjima qilingan. U ham o‘z navbatida ko‘plab jahon va qardosh xalqlar adabiyoti vakilalari asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilib kitobxonlarga taqdim etgan... Bugungi kunda “Janob” nomli erkaklar uchun va “Sabo” nomli ayollar jurnallariga hamda “Art Rekords” bosmaxonasining taʼsischisi. Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining deputati.