Сайтимиздаги электрон китобларни 3 усулда ўқиш мумкин: kitobxon мобиль android-иловаси орқали, kitobxon windows-дастури орқали ёки сайтда онлайн равишда
БатафсилКетма-кетлик бўйича тавсия: сайтда қандай рўйхатдан ўтиш, сайтдаги шахсий ҳисобни қандай тўлдириш мумкин, керак бўлган китоб учун қандай тўловни амалга ошириш
БатафсилҲурматли муаллифлар: Сайтимизда асарларингиз жойлаштирилишини (ёки сайтдан ўчирилишини) истасангиз биз билан шартнома тузиш учун боғланишингизни сўраймиз
БатафсилАгар мен Ўзбекистонда бўлмасам, қандай қилиб китоб сотиб олишим мумкин?
Нима учун PDF-форматини юклаб ололмайман?
Интернетсиз китобни қандай ўқиш мумкин?
ва бошқа саволларингизга бизнинг жавобларимиз
2015
Рус, Ўзбек (лот), Инглиз
519
978-9943-335-81-3
18000 сўм
Рейтинг |
Qo’lingizdagi “English: Key to Success” kitobining ikkinchi qismidir. Ushbu qism kitobning birinchi qismidagi grammatik bilimlarni mustahlamlashga qaratilgan mashqlar to’plami, o’qib tushunish ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan testlar va akademik insho yozish tajribasini oshirishga qaratilgan bo’limlardan iborat.
Grammatik mashqlar mavzularga bo’lingan va har bir mavzu diagnostik testlar bilan boshlanadi. Diagnostik testlarning kalitida kitobning birinchi qismidagi qoidalarning bo’limlari ko’rsatilgan. Bu esa grammatik qoidalarni amaliy mashqlar bilan uzviy aloqadorlikda mustahkamlash uchun kitobxonga qulaylik tug’diradi.
Har bir mavzu bo’yicha an’anaviy mashqlardan tashqari, o’rganilayotgan grammatik qoidalarni yozma va og’zaki nutqda, xususan, IELTS imtihonining yozish (Writing), gapirish (Speaking) o’qish (Reading) bo’limlarida to’g’ri qo’llashga qaratilgan kommunikativ mashqlar ham berildi. Shuningdek, B1 va B2 darajalaridagi leksik-grammatik testlar namunalari ham keltirildi.
O’qib tushunish ko’nikmalarini rivojlantirish uchun badiiy va akademik matnlar bilan ishlash bo’yicha tavsiyalar hamda B1, B1+ va B2 darajalaridagi matnlar asosida testlar ham tavsiya etildi. Ayrim testlarning izohli kaliti ham keltirildi.
Kitobning so’nggi bobida akademik inshoning strukturasi va insholar namunalari berildi.