Сайтимиздаги электрон китобларни 3 усулда ўқиш мумкин: kitobxon мобиль android-иловаси орқали, kitobxon windows-дастури орқали ёки сайтда онлайн равишда
БатафсилКетма-кетлик бўйича тавсия: сайтда қандай рўйхатдан ўтиш, сайтдаги шахсий ҳисобни қандай тўлдириш мумкин, керак бўлган китоб учун қандай тўловни амалга ошириш
БатафсилҲурматли муаллифлар: Сайтимизда асарларингиз жойлаштирилишини (ёки сайтдан ўчирилишини) истасангиз биз билан шартнома тузиш учун боғланишингизни сўраймиз
БатафсилАгар мен Ўзбекистонда бўлмасам, қандай қилиб китоб сотиб олишим мумкин?
Нима учун PDF-форматини юклаб ололмайман?
Интернетсиз китобни қандай ўқиш мумкин?
ва бошқа саволларингизга бизнинг жавобларимиз
2016
Ўзбек (кир)
288
978-9943-27-707-6
9000 сўм
Рейтинг |
Ulug‘ avstriya yozuvchisi Stefan Cveygning asarlari ayol qalbining nozik kechinmalarini haqqoniy va bor murakkabligicha tasvirlab berishi bilan ajralib turadi. Bu xususiyat ayniqsa uning «Murabbiya», «Noma’lum ayol maktubi», «Bir ayol hayotidan yigirma to‘rt soat» kabi novellalarida yaqqol ko‘rinadi. E’tiboringizga havola etilayotgan kitobga ham biz adibning eng sara asarlarini jamladik. Ishonchimiz komil, bu asarlarni o‘qiganingizda qalbingizda avvallari hech qachon tuymagan noaniq bir tuyg‘u gavdalanadi. Bu tuyg‘u odamlar olomoni ichida aslida sizning kim ekanligingiz, maqomingiz qanday – shu kabi savollarga voqealar silsilasi, qahramonlar ichki olami bilan tanishish asnosida echim topasiz.
MURABBIYA
Chiroq o‘chgan. Honada opa-singil yolg‘iz. Oraga cho‘kkan qorong‘ilikdan faqat o‘rinlari xiyol oqarib ko‘rinadi. Engil nafas olishlaridan uxlab qolishganga o‘xshardi. – Hey, – degan o‘n ikki yashar qizning ovozi eshitildi; qiz da’vat sasini zim-ziyo tun qo‘yniga hadiksirab ohista irg‘itganday. – Ha, nima deysan? – opasi yotgan joyida javob berdi, bu qiz ukasidan bir yosh katta, xolos. – Hali uxlaganing yo‘qmi? Hayriyat. Men... senga bir nima aytmoqchiydim. Jimlikni shitirlagan ovoz buzdi. Kichkinasi qo‘zg‘alib, bir nimani kutganday qarab turdi: ko‘zlari yaltiradi. – Bilasanmi... senga aytmoqchiydim... Oldin o‘zing ayt-chi, froyleyndagi o‘zgarishni sezdingmi? Opasi javob berishdan oldin o‘ylanib olgach: – Ha, – dedi, – lekin sababiga aqlim etmayapti. Ilgarigiday qattiqqo‘l emas. Yaqinda ikki kun qatorasiga darsimni tayyorlamovdim ham, hech nima demadi. Innaykin, o‘ziyam allanechuk... nima deyishimni ham bilmayman. Hullas, biz bilan ham ishi bo‘lmay qoldi: qachon qarasang, ko‘zdan panada, o‘yin-kulgilarni ham yig‘ishtirib qo‘ydi. Nazarimda, boshiga biron mushkul ish tushgan-u aytgisi kelmayapti. Royal chalishni ham mashq qilmayapti. Yana jimlik. Opasi ukasining esiga solib: – Bir nima demoqchi eding-ku, – dedi. – Ha, lekin hech kimga aytmaysan, oyimga ham, dugonalaringga ham, xo‘pmi? – Ho‘p, aytmayman, – jahl aralash javob berdi opasi. – Qani, ayt! – Aytsam... Hozir, yotish oldidan o‘ylab qarasam, froyleynga «tuningiz xayrli bo‘lsin», deyish esimdan chiqqan ekan. Boshmoqlarimni echib qo‘yuvdim, shunday bo‘lsa ham xonasiga asta-sekin yugurib bordim, – to‘satdan cho‘chitmoqchi bo‘luvdim-da, – ohista eshikni ochdim. Avvaliga nazarimda xonasida yo‘qday ko‘rindi, chiroq yonib turibdi-yu, o‘zi ko‘rinmaydi. Bir vaqt desang, qo‘rqib ketdim, yig‘i tovushi eshitildi. Qarasam, kiyimi bilan karavotda yotibdi, boshini yostiqqa burkab olgan. Piqirlab yig‘layapti! A’zoyi badanimda qaltiroq turdi. U meni payqamadi. Yana sekin eshikni yopib qo‘ydim. Qaltiroqning zo‘ridan joyimdan qimirlolmay qolibman. Keyin yana eshik tirqishidan yig‘i ovozini eshitdim, yig‘lashini aytsang, shoshilganimcha yugurgilab pastga tushib ketdim. Ikkovlari jim qolishdi. – Bechora froyleyn, – dedi biri. Titroq ovozi qorong‘ida tinib qoldi.