Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Mamatova Aziza-Xushruya

Tugildi:

15 aprel 1947 yil

 

Rassom, portret janri ustasi, ko‘plab allomalar siymolarini o‘z asarlarida tasvirlay olgan mashhur san’atkor Xushruyaxon – Azizaxon Mamatova 1947 yil 15 aprelda qadimiy va go‘zal shaharlaridan biri Qo‘qonda ziyoli oilasida dunyoga keldi. 1973 yilda Rossiya Badiiy Akademiyasi qoshidagi I. E. Repin nomli Sankt-Peterburg rangtasvir, haykaltaroshlik va me’morlik oliy o‘quv yurtini, 1980 yilda shu o‘quv dargohida aspiranturani tamomladi. 1973 yildan buyon Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassmolik va dizayn institutida dosent lavozimida ishlab kelmoqda. 1994 yilda u «Turkiston allomalari» turkum portretlari uchun «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» unvoniga sazovor bo‘ldi. 2001 yilda ko‘p yillik jamoatchilik faoliyati uchun O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar Qo‘mitasining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. Mussavira 1997 yilda O‘zbekiston mustaqilligi yo‘lida qurbon bo‘lgan o‘g‘lonlar siymolari yuqori badiiylik bilan tasvirlangan turkum asarlari uchun O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining diplomi bilan mukofotlangan. Azizaxon yaratgan qator asarlar jahon gallereyalari va muzeylarida, xususan, AQSh, Mongoliya, Rossiya davlatlari kolleksiyalaridan o‘rin olgan. Mussavirning asarlari O‘zbekistoning qator muzeylarida saqlanadi. Jumladan, O‘zbekiston san’ati muzeyidan joy olgan «Saxovat» va «Shoira Xalima Xudoyberdieva» asarlari, Abdullo Qahhor uy-muzeyida «Kibriyo Qahhorova», Oybek uy-muzeyidagi «Yozuvchi Oybek» va «Oybek va Zarifa Saidnosirova», Davlat Jamiyat qurilishi Akademiyasidagi «Abdulla Qodiriy», «G‘aybullo As-Salom» va «Yosh Nodirabegim» portrelari san’at ixlosmandlari e’tiborini o‘ziga tortib kelmoqda. Ko‘rgazmalar ekspozisiyasida Aziza Mamatova yaratgan buyuk allomalarimiz (Al-Farg‘oniy, Alisher Navoiy, Ibn-Sino, Mirzo Bobur) siymolari namoyish etilgan. 2012 yil avgust oyida Vatanimiz mustaqilligining 21 yilligiga bag‘ishlab, rassomning «Vaqt va Inson» nomli ko‘rgazmasi uchun O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining «Oltin medali» bilan mukofotlandi. Shuningdek Xushruya (Aziza) Nasimovna Mamatovaning bakalavrlar uchun «Fan» nashriyotida chop etilgan «Chizmatasvir va rangtasvir fanlaridan o‘quv uslubiy qo‘llanmalar» to‘plami talabalar bilimini oshirishda xizmat qilyapti.

Mamatov Karomatxon

 

Маматова Кароматхон Абдураҳмоновна Фарғона вилояти Олтиариқ тумани Полосон қишлоғида таваллуд топган. 1990 йили Тошкент давлат қишлқ хўжалиги институтида Агрономия ихтисослиги бўйича таҳсил олган...

Mamatov Ulug'bek

Tugildi:

21 faevral 1983 yil

 

Ulug‘bek Mamatov Nasimovich, 21 fevral 1983 yili, ziyolilar oilasida Andijon shahrida tug‘ildi. 2000 yilda Toshkentdagi 11 yillik Sanat–musiqa va rassomlik liseyni tugatib, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga qabul qilindi. 2005 yilda bu oliygohni muvaffaqiyatli tugatdi. Diplom asari «Farishtalarning oqshom kuyi» deb ataladi. 2005 yil kuzida bu asari bilan Kamoliddin Behzod tavalludiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada ishtirok etdi. 2006-2007 yillari Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga, magistraturaga qabul qilindi va uni alo diplom bilan tugatdi. 2007 yili noyabr oyida, Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga, tatdqiqotchi bo‘lib qabul qilindi. 2006 yilda O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining badiiy ijodkorlar uyushmasiga a'zo bo‘ldi. 2008-2009 yillarida, Xalqaro Karavon Saroy ko‘rgazmalar zalini mudiri bo‘lib ishladi. O‘z asarlari bilan 2008-2010 yillari avgustida, «Fond forum» va Badiiy Akademiyasi tomonidan tashkil qilingan «Navqiron O‘zbekiston» ko‘rik tanlovlarida qatnashib, sertifikatlar bilan taqdirlangan. Muntazam ravishda Respublika va Xalqaro badiiy ko‘rgazmalarida asarlari bilan ishtirok etishga xarakat qildi va 2013 yilning aprelida Kamoliddin Behzod nomidagi bog‘ muzeyida shaxsiy ijodiy asarlari bilan ko‘rgazmasini o‘tkazdi. 2012 yildan hozirgacha Milliy rassomlik va dizayn institutining Chizmatasvir kafedrasida o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga “O‘zbekiston tasviriy san’atida tarixiy janr va uning nazariy taxlili” mavzusida tadqiqot olib bormoqda. U. Mamatovning shu kunga qadar bir qator xorijiy va mahalliy nufuzli jurnallarda ilmiy maqolalari chop etildi. Institutning ilmiy-ma’rifiy ishlariga ham o‘zining salmoqli hissasini qo‘shib kelmoqda.

Mamarasulova Ozoda

 

Ozoda Mamarasulova 1995 yil Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanidagi Qo‘shtepa mahallasida tug‘ilgan...

Mamanov Abdurahim

 

Mamanov Abdurahim Abduhakimovich 1956-yil 10- iyun kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani, Beshdarg‘at qishlog‘ida tavallud topgan. Hozirda nafaqada. A.Mamanov bugungi kunga qadar “Milliy mentalitet: xususiyat va omillar”, “Iqlim va din”, “Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyot yo‘lining umumiy manzarasi” nomli monografiyalar hamda 10 dan ortiq xalqaro va respublika moqalalari muallifidir.