Китоб қандай ўқилади?

Сайтимиздаги электрон китобларни 3 усулда ўқиш мумкин: kitobxon мобиль android-иловаси орқали, kitobxon windows-дастури орқали ёки сайтда онлайн равишда

Батафсил

Китобни қандай сотиб олиш мумкин?

Кетма-кетлик бўйича тавсия: сайтда қандай рўйхатдан ўтиш, сайтдаги шахсий ҳисобни қандай тўлдириш мумкин, керак бўлган китоб учун қандай тўловни амалга ошириш

Батафсил

Сиз муаллифмисиз?

Ҳурматли муаллифлар: Сайтимизда асарларингиз жойлаштирилишини (ёки сайтдан ўчирилишини) истасангиз биз билан шартнома тузиш учун боғланишингизни сўраймиз

Батафсил

Савол-жавоблар

Агар мен Ўзбекистонда бўлмасам, қандай қилиб китоб сотиб олишим мумкин?
Нима учун PDF-форматини юклаб ололмайман?
Интернетсиз китобни қандай ўқиш мумкин?
ва бошқа саволларингизга бизнинг жавобларимиз

Батафсил

Олимжоннинг саргузаштлари

Олимжоннинг саргузаштлари
Кўрганлар, жами:

921

Нашр йили:

2017

Тили:

Ўзбек (лот)

Бетлар:

200

ISBN рақами:

978-9943-4707-1-2

Парчани ўқинг
Электрон китоб (7,2Mb)
Эътибор беринг "Сотиб олинган китоблар қандай ўқилади?" бўлими билан танишиб чиқинг!

7900 сўм

Сотиб олиш
Қоғозли китоб

17000 сўм

Сотувчи - KITOBXON
Дўкон тел.: (90) 959-25-26

Рейтинг

  • Аннотация
  • Фикр ва мулоҳазалар

Havaskor yozuvchi Otabek Quvvatovning “Olimjonning sarguzashtlari yoxud zamon va makon oralig‘ida” asari o‘zbek xalq ertaklari asosida, qisman fantastika janrida yozilgan. Muallif kichik-kichik ertaklarini, bolalarga bag‘ishlangan she’riy kitoblarini nashr etgan bo‘lsa , bu gal katta hajmdagi asarga qo‘l urgan.

Iste’dod qaysi ko‘rinishda yuz ko‘rsatayotgan bo‘lmasin, u o‘ziga nisbatan mehr-muhabbat va e’zozni talab etadi. Otabekning xalq ertaklari uslubida fantastikaga qo‘l urishi bejiz emas. Avvalo shuni aytish kerakki, bugungi o‘zbek bolalar adabiyotida fantastika janrida yangi asarlar kam yaratilyapti.

Bolalar adabiyotiga bo‘lgan talab to‘xtamay o‘sib borayotgani hech kimga sir emas. Buni hisobga olgan hushyor, tadbirkor noshirlar chet el ertaklarini tarjima qilib, chop etishmoqda. Lekin bolalar qalbi, ongi, ruhiga o‘z ona tilida va milliy xarakterda yozilgan asarlar ko‘proq ta’sir etadi. Birovning bolasini birovning otasi tarbiyalamasin, degan hazilnamo gaplar ham bejiz aytilmagan. Shu ma’noda, yosh yozuvchi Otabek Quvvatovning ushbu asari o‘z vaqtida yozilgan asarlardan biridir.

“Olimjonning sarguzashtlari yoxud zamon va makon oralig‘ida” asarida xayolotga berilgan oltinchi sinf o‘quvchisi Olimjonning ezgulik bilan yovuzlik o‘rtasidagi olishuvda yaxshilik g‘alaba qozonishi uchun ajoyib sarguzashtlarni boshidan kechirganligi hikoya qilinadi. Bilamiz, o‘n ikki yoshli bolalarda, ayniqsa, o‘smirlik pallasida xayolotga berilish kuchli bo‘ladi. O‘zida kuch topib, tog‘lami talqon, cho‘li biyobonlarga suv chiqarib, olamni guliston qilsam, deydi.

Комментарий қўшиш
Фикр ва мулоҳаза билдирилмади. Биринчи бўлинг!