Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali
BatafsilKetma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish
BatafsilHurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.
BatafsilAgar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.
2017
O'zbek (lot)
144
978-9943-20-252-8
Reyting |
Adabiyot bor ekan, kitobxon hamisha Aytmatov asarlarini o'qishga o'zida ehtiyoj sezaveradi. «Turkiy dunyo vakillari ichidan Alisher Navoiydan keyin besh yuz yil otib, faqat Aytmatovgina adabiyot cho'qqisiga ko'tarila oldi», deb yozgan qirg'iz adabiyotshunosi Rustan Rahmanaliyev ham shu jihatni nazarda tutgan bolsa, ajabmas.
Xalqining qadriyat va an'analariga sodiq yozuvchi bu jihatlarni adabiyotga, o'z asarlariga olib kirdi. Va qirg'iz xalqining mard, tanti odamlarini dunyoga tanitdi.
Adib bir qancha mavzuni bir vaqtning o'zida asarlarining bosh mavzusiga aylantirolgan yuksak iste'dod sohibidir. Muhabbat, inson qadri, mehr, odamzotni ulug‘lovchi fazilatlar Aytmatov ijodining gultojidir. O'zi ko'rgan, bilgan, boshidan kechirgan, qalbini o'rtagan hodisalarni jonli manzaralarda kitobxonga havola etish va uning muhabbatini qozonish oson bolmagani holda bu sharaf Aytmatovga nasib etdi.
E'tiboringizga havola etilayotgan kitobga atrofidagi voqea-hodisalar, insonlar taqdiriga befarq bolmagan va shu mavzularni yozganlarida jonkuyarlik bilan aks ettirgan Chingiz Aytmatovning hikoyalari jamlandi. Ularni aynan maktab o'quvchilariga taqdim etishdan murodimiz farzandlarimiz ham xalqiga, Vataniga sadoqatli bolsinlar, millatini dunyoga tanitsinlar.