Qo‘lingizda yosh shoira Farangizaning ilk she’riy to‘plami. Bu kitobni varaqlasangiz, shoiraning qalamga olgan mavzusini o‘zgacha nigoh bilan yoritganligining guvohi bo‘lasiz. O‘xshatishlari o‘ziga xos, sodda, ko‘ngilga yaqin. She’riyatga oshno tutingan ko‘ngillarga ajib bir iliqlik olib kiradi. Ushbu mo‘jaz to‘plam bahonasida yana bir pokiza yurak bilan tanishuv sizga muborak bo‘lsin.