Сайтимиздаги электрон китобларни 3 усулда ўқиш мумкин: kitobxon мобиль android-иловаси орқали, kitobxon windows-дастури орқали ёки сайтда онлайн равишда
БатафсилКетма-кетлик бўйича тавсия: сайтда қандай рўйхатдан ўтиш, сайтдаги шахсий ҳисобни қандай тўлдириш мумкин, керак бўлган китоб учун қандай тўловни амалга ошириш
БатафсилҲурматли муаллифлар: Сайтимизда асарларингиз жойлаштирилишини (ёки сайтдан ўчирилишини) истасангиз биз билан шартнома тузиш учун боғланишингизни сўраймиз
БатафсилАгар мен Ўзбекистонда бўлмасам, қандай қилиб китоб сотиб олишим мумкин?
Нима учун PDF-форматини юклаб ололмайман?
Интернетсиз китобни қандай ўқиш мумкин?
ва бошқа саволларингизга бизнинг жавобларимиз
2016
Ўзбек (лот)
104
978-9943-03-736-6
9000 сўм
Рейтинг |
Qadrli o‘quvchilar! Nashriyotimiz siz azizlarga 10 jilddan tashkil topgan «Jahon bolalar adabiyoti» seriyasini taqdim etadi. Kitoblar jahon bolalar adabiyoti yozuvchi va shoirlarining ertak, hikoya, she’r va boshqa ko‘plab janrdagi asarlarni o‘z ichiga qamrab olgan. Ushbu uchinchi jildda siz Italiya, Bolgariya, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Ruminiya, Serbiya bolalar adabiyoti bilan yaqindan tanishasiz.
Atoqli bolalar shoiri Janni Rodari shimoliy Italiyaning Olenya viloyatida 1920-yilda tug‘ilgan. Otasi nonvoy edi. Janni 9 yoshga kirganda otasi vafot etib, u ukalari Chezare va Mario bilan onasining Varesotti degan qishlog‘ida ulg‘aydi. Kichikligidan kasalmand va zaif bo‘lgan bola bu yerda musiqa va kitoblarga qiziqib qoldi.
Skripkadan dars oldi. Shu yerdagi seminariyada uch yil o‘qidi. 17 yoshidan qishloq maktablarining boshlang‘ich sinflariga dars bera boshladi. 19 yoshida Milan universitetining til-adabiyot fakultetiga o‘qishga kirdi. Ikkinchi jahon urushi boshlangan yili sog‘ligi yomon bo‘lgani uchun xizmatdan ozod qilindi. Yaqin do‘stlari urushda halok bo‘lib, ukasi Chezare konslagerga qamalgandan keyin xalqning Qarshilik Harakatiga qo‘shildi.
1948-yilda jurnalistlik qila boshladi, «Unita» gazetasida ishladi. U maktabda ishlab yurgan chog‘laridanoq bolalar uchun she’rlar mashq qilardi. Endi gazetaning bir burchagida bolalar adabiyoti uchun doimiy joy oldi. 1950-yilda Rimda «Pioner» degan maxsus bolalar jurnali tashkil qilinganda Janni Rodari unga muharrir etib tayinlandi. Shu yili uning birinchi «Quvnoq she’rlar kitobi» bosilib chiqdi…