Сайтимиздаги электрон китобларни 3 усулда ўқиш мумкин: kitobxon мобиль android-иловаси орқали, kitobxon windows-дастури орқали ёки сайтда онлайн равишда
БатафсилКетма-кетлик бўйича тавсия: сайтда қандай рўйхатдан ўтиш, сайтдаги шахсий ҳисобни қандай тўлдириш мумкин, керак бўлган китоб учун қандай тўловни амалга ошириш
БатафсилҲурматли муаллифлар: Сайтимизда асарларингиз жойлаштирилишини (ёки сайтдан ўчирилишини) истасангиз биз билан шартнома тузиш учун боғланишингизни сўраймиз
БатафсилАгар мен Ўзбекистонда бўлмасам, қандай қилиб китоб сотиб олишим мумкин?
Нима учун PDF-форматини юклаб ололмайман?
Интернетсиз китобни қандай ўқиш мумкин?
ва бошқа саволларингизга бизнинг жавобларимиз
2016
Ўзбек (лот)
104
978-9943-03-735-9
6000 сўм
Рейтинг |
Qadrli o‘quvchilar! Nashriyotimiz siz azizlarga 10 jilddan tashkil topgan «Jahon bolalar adabiyoti» seriyasini taqdim etadi. Kitoblar jahon bolalar adabiyoti yozuvchi va shoirlarining ertak, hikoya, she’r va boshqa ko‘plab janrdagi asarlarni o‘z ichiga qamrab olgan. Ushbu ikkinchi jildda siz Amerika, Chili, Fransiya, Belgiya va Germaniya bolalar adabiyoti bilan yaqindan tanishasiz.
AMERIKA BOLALAR ADABIYOTI MARK TVEN
Amerika yozuvchisi Mark Tven 1835-yilda Missuri shtatining Florida qishlog‘ida tug‘ilgan edi. Mark Tven uning taxallusi bo‘lib, o‘zining asl ism-familiyasi Semyuel Klemens. Otasi omadsiz haykaltarosh edi.
Semyuelning bolaligi Missisipining Hannibal degan kichik shahrida o‘tdi. U maktabda o‘qiyotganda otasi vafot etdi va u maktabni tashlab, tirikchilikka kirishdi. Mahalliy gazetalarda harf teruvchilikni o‘rgandi va qalam tebratishni mashq qila boshladi. 18-22 yoshlarida mamlakat bo‘ylab sayrga chiqdi. Lotsman (kemalarda yo‘l ko‘rsatuvchi mutaxassis)ga shogird tushib, keyin o‘zi ham lotsman bo‘ldi. Missisipi bo‘ylab kemalarni boshqarardi. Shu yillarda kunda ko‘rganlari to‘g‘risida gazetalarga reportajlar yoza boshladi va o‘ziga Mark Tven degan taxallusni tanladi, bu «Baho - 2» degan ma’noni bildirardi.
1861-yilda Uzoq G‘arbga ketdi: Nevadadagi kumush qidirish konlarida odamlarga yordamchi bo‘ldi va Virjiniya-Sitidagi gazetaga qiziq-qiziq xabarlar yuborib turdi, keyin Kaliforniyada oltin qidiruvchilar bilan birga ishladi, shu yerning gazetasiga reportyorlik qildi, so‘ng gullab-yashnayotgan viloyatlarda yovvoyi yumor (kulgi) usullarini va motivlarini o‘zlashtirib o‘zining yumoreskalarini ham e’lon qila boshladi...