Китоб қандай ўқилади?

Сайтимиздаги электрон китобларни 3 усулда ўқиш мумкин: kitobxon мобиль android-иловаси орқали, kitobxon windows-дастури орқали ёки сайтда онлайн равишда

Батафсил

Китобни қандай сотиб олиш мумкин?

Кетма-кетлик бўйича тавсия: сайтда қандай рўйхатдан ўтиш, сайтдаги шахсий ҳисобни қандай тўлдириш мумкин, керак бўлган китоб учун қандай тўловни амалга ошириш

Батафсил

Сиз муаллифмисиз?

Ҳурматли муаллифлар: Сайтимизда асарларингиз жойлаштирилишини (ёки сайтдан ўчирилишини) истасангиз биз билан шартнома тузиш учун боғланишингизни сўраймиз

Батафсил

Савол-жавоблар

Агар мен Ўзбекистонда бўлмасам, қандай қилиб китоб сотиб олишим мумкин?
Нима учун PDF-форматини юклаб ололмайман?
Интернетсиз китобни қандай ўқиш мумкин?
ва бошқа саволларингизга бизнинг жавобларимиз

Батафсил

Сариқ девни миниб

Сариқ девни миниб
Кўрганлар, жами:

123068

Нашр йили:

2013

Тили:

Ўзбек (лот)

Бетлар:

240

ISBN рақами:

978-9943-08-971-6

Китоб маҳсулотларининг характеристикалари, етказиб бериш шартлари, ташқи кўриниши ва ранги ҳақидаги маълумотлар фақат маълумот учун мўлжалланган ва жойлаштирилган пайтда мавжуд бўлган энг сўнгги маълумотларга асосланади.
Парчани ўқинг
Электрон китоб:

Мавжуд эмас.
Буюртма учун: (90) 959-25-26

Рейтинг

  • Аннотация
  • Китобдан парча
  • Фикр ва мулоҳазалар
O‘zbekiston xalq yozuvchisi, bolalarning sevimli adibi Xudoyberdi To‘xtaboyevning asarlari nafaqat respublikamizda, balki chet ellarda ham ma’lum va mashhurdir. Qo‘lingizdagi “Sariq devni minib” sarguzasht romani bolalar hayotidan olib yozilgan bo‘lib, ularning sevimli kitoblaridandir. Bu asarda orzu-havasga eltadigan chinakam yo‘l halol mehnat, yaxshi xulq-odob va qunt bilan o‘qishda ekanligi ta’kidlanadi.

SEHRLI QALPOQCHA
I bob
KO‘CHAGA QUVILDIM


Tanishib qo‘yaylik: otim Hoshim, erkalatib chaqirmoqchi bo‘lsangiz Hoshimjon deb aytasiz. Familiyam — Ro‘ziyev, Ro‘zivoy traktorchining o‘g‘liman. Ruxsat bersangiz, oilamiz haqida ham ikki-uch og‘iz so‘zlab o‘tsam: dadam ikki-uch yildan buyon cho‘lda buldozer haydab yer tekislaydi, oyimning aytishiga qaraganda o‘sha tomonlarga ham paxta kisharmish. Bir oyda, ba’zan ikki oyda bir kelib ketadi. Kelganida har birimizga alohida-alohida sovg‘a-salomlar olib keladi. Sovg‘aning eng yaxshisi, albatta, menga tegadi. Oyim bo‘lsa uyimizdan uch yuz metr naridagi fermada sigir sog‘adi. Bir o‘ziga 24 govmish qaraydi. O‘tgan yili sutni ko‘p soqqani uchun medal olgan. O‘sha medalni oyimdan yashirib men ham ikki marta taqdim. Bir marta taqib bozorga borib sabzi-piyoz olib keldim, ikkinchi marta taqib maktabga boruvdim, direktorimiz chaqirib olib rosa urishdi. Katta singlim Oyshaxon to‘rtinchi sinfda o‘qiydi. Hovlini supurish, idish-tovoqlarni yuvish o‘shaning bo‘ynida. Oyim uni: «Oppoqqinam, jonimning huzuri», deb erkalatgani-erkalatgan. Oyim uni bag‘riga bosib suygan kuni men ham biqinidan sekin chimdib: — Puchuqqinam, — deb qo‘yaman. Kichik singlimning oti Donoxon. Hozir birinchi sinfda o‘qiyapti. Oyimning aytishiga qaraganda u katta bo‘lsa, albatta doktor bo‘larmish. Menimcha, undan doktor chiqmasa kerak. Nega desangiz, ko‘cha-kuyda hamshiralarga ko‘zi tushib qolsa ukol qiladi deb, tog‘dan-toqqa qochadi. Tunov kuni maktab hovlisida oq xalat kiygan bufetchini ko‘rib doktor keldi deb derazadan tashlab qochibdi. Rostini aytsam, o‘zim ham unchalik yomon bola emasman. Aql-hushim joyida, odobim ham chakki emas, oltinchi sinfning intizomli o‘quvchilaridanman. Bir xil, haligi sho‘x bolalarga o‘xshab, kunbo‘yi ko‘cha changitib yurmayman. Yashirib nima qilaman, ko‘cha changitib yurgandan ko‘ra komandaga bo‘linib olib, to‘p tepgan yoki xoliroq joyga, masalan, oying harchand chaqirsa ham ovozi yetmaydigan joyga borib olib chillak o‘ynagan ming marta yaxshi.

Комментарий қўшиш
Фикр ва мулоҳаза билдирилмади. Биринчи бўлинг!


Шу китобни қуйидаги ном билан ҳам излашмоқда:

Сарик девни миниб