Сайтимиздаги электрон китобларни 3 усулда ўқиш мумкин: kitobxon мобиль android-иловаси орқали, kitobxon windows-дастури орқали ёки сайтда онлайн равишда
БатафсилКетма-кетлик бўйича тавсия: сайтда қандай рўйхатдан ўтиш, сайтдаги шахсий ҳисобни қандай тўлдириш мумкин, керак бўлган китоб учун қандай тўловни амалга ошириш
БатафсилҲурматли муаллифлар: Сайтимизда асарларингиз жойлаштирилишини (ёки сайтдан ўчирилишини) истасангиз биз билан шартнома тузиш учун боғланишингизни сўраймиз
БатафсилАгар мен Ўзбекистонда бўлмасам, қандай қилиб китоб сотиб олишим мумкин?
Нима учун PDF-форматини юклаб ололмайман?
Интернетсиз китобни қандай ўқиш мумкин?
ва бошқа саволларингизга бизнинг жавобларимиз
2015
Ўзбек (кир)
544
978-9943-27-456-3
Мавжуд эмас.
Буюртма учун: (90) 959-25-26
Рейтинг |
Aziz farzandlarimizga "Qozonga yaqin yursang - qorasi yuqadi, yomonga yaqin yursang - yomonligi yuqadi", deb tarbiya berib, ularning yomonlar ta’siriga tushib qolishidan asraymiz. Ammo, afsuski, "Asragan ko‘zga cho‘p tushadi", deganlaridek, ayrim oilalarning suyukli farzandlari to‘g‘ri yo‘ldan chekinib, jinoyat olamining ayanchli ko‘chasiga kirib qoladi. Biz "qor qozon"ga o‘xshatayotgan jinoyat olami yoshlar ko‘ziga jilvalanib ko‘rinadi. Tashna odamni sahro sarobi o‘ziga tortgandek tortaveradi. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik jinoyat olamini "Shaytanat" - shaytonlar etovidagi olam deb atagan. Siz, azizlar bu asarni o‘qigandirsiz. Yozuvchi bu mavzuni davom ettirib, "Shaytanatning turfa olami" ruknida yana bir necha asarlar yozdi. Shularning ikkitasi jamlanib, unga izoh sifatida so‘z boshi yozilib, farzandlarni to‘g‘ri tarbiya etishda, o‘sha "qora qozon"dan ehtiyot qilishda yordami tegsin, degan xayrli niyatda bu kitobga tartib berildi.