Сайтимиздаги электрон китобларни 3 усулда ўқиш мумкин: kitobxon мобиль android-иловаси орқали, kitobxon windows-дастури орқали ёки сайтда онлайн равишда
БатафсилКетма-кетлик бўйича тавсия: сайтда қандай рўйхатдан ўтиш, сайтдаги шахсий ҳисобни қандай тўлдириш мумкин, керак бўлган китоб учун қандай тўловни амалга ошириш
БатафсилҲурматли муаллифлар: Сайтимизда асарларингиз жойлаштирилишини (ёки сайтдан ўчирилишини) истасангиз биз билан шартнома тузиш учун боғланишингизни сўраймиз
БатафсилАгар мен Ўзбекистонда бўлмасам, қандай қилиб китоб сотиб олишим мумкин?
Нима учун PDF-форматини юклаб ололмайман?
Интернетсиз китобни қандай ўқиш мумкин?
ва бошқа саволларингизга бизнинг жавобларимиз
2016
Ўзбек (лот)
192
978-9943-05-898-9
Мавжуд эмас
Рейтинг |
Dunyoning barcha xalqlari kabi olmon xalqi ham o‘zining betakror milliy o‘ziga xos afsonalari, «Nibelunglar qo‘shig‘i», «Hildebrand qo‘shig‘i» kabi xalq dostonlari, «Minnezang» kabi xalq qo‘shiqlari va minglab xalq ertaklariga ega. Ushbu to‘plamda jamlangan olmon xalq ertaklari ilk bor 1991-yilda «Yetti oqqush. Olmon xalq ertaklari nomi bilan «Cho‘lpon» nashriyotida 150000 nusxada chop etilib, unda Bexshtayn, Vossidlo, aka-uka Grimmlar, Muzeus kabi ertakchilar to‘plagan xalq ertaklari o‘zbek kitobxonlariga ilk bor taqdim etilgan edi.
O‘tgan 25 yil ichida mamlakatimizda ularga nisbatan qiziqish tobora ortib bordi, chunki ularda o‘zbeklarga yaxshi tanish bo‘lgan olmon xalqining orzu-havaslari, milliy urf-odatlari va ajoyib qahramonlari hayoti o‘ziga xos tarzda yorqin obrazlarda gavdalantirilgan edi. Shu sababdan ushbu «Yettiyulduz» nomli to‘plamda olmon xalq ertaklarining eng qiziqarlilari nashr etilmoqda. O‘zgacha uslubga ega bo‘lgan aka-uka Grimm ertaklari esa alohida to‘plamda chop etilishi rejalashtirilgan. Umid qilamizki, bu ertaklar o‘zining ko‘p sonli ertaksevarlarining yangi avlodiga ham manzur bo‘ladi.